Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon IShID yetakchisi yo‘q qilinganini e’lon qildi
Pentagon ma’lumotlariga ko‘ra, IShID yetakchisi Suriyada o‘ldirilgan. AQSh bir necha oy ichida jangarilar rahbariyatiga qarshi ikkinchi muvaffaqiyatli operatsiyani o‘tkazdi.
Foto: chronicles.com
Pentagon IShID terrorchilik tashkiloti yetakchilaridan biri Maher al-Agal yo‘q qilinganini rasman e’lon qildi. IShIDning yana bir yetakchisi og‘ir yaralangan, uning shaxsi hali aniqlanmadi. AQSh Suriya shimoli-g‘arbidagi Jindaris shahri yaqinida uchuvchisiz uchoqlardan zarba bergan. Bayonotga ko‘ra, tinch aholi orasida qurbonlar yo‘q.
Al-Agal IShIDning yana bir yetakchisi Abu Ibrohim al-Hoshimiy al-Qurayshiyning o‘limidan bir necha oy o‘tib o‘ldirildi, u AQSh maxsus kuchlari reydi paytida o‘zini portlatib yuborgan.
IShID 2014-2017 yillarda Suriya hududining salmoqli qismini nazorat qilgan. Hozir esa IShID jangarilari Turkiya chegarasiga quvib chiqarildi va partizanlar urushi taktikasiga o‘tdi. AQSh qurolli kuchlari qo‘mondonligi IShID yetakchilarining yo‘q qilinishi tashkilotning terrorchilik faoliyatini falaj ahvolga keltirib qo‘yishini taxmin qilmoqda.
Hozirda Suriyada 900 ga yaqin amerikalik harbiy xizmatchi bor. Bayden ma’muriyati kontingentning Suriyada yana qancha bo‘lishi borasida hali aniq muddatni belgilamadi.
Mavzuga oid
00:00 / 15.12.2025
Suriyada IShIDga qarshi operatsiya boshlandi
09:40 / 05.12.2025
NYT OAV uchun joriy etilgan cheklovlar sabab Pentagonni sudga berdi
11:39 / 01.12.2025
AQSh va Suriya qo‘shma operatsiyasi: IShID qurol omborlariga zarbalar berildi
11:49 / 14.11.2025