— Sayfiddin aka, Qoraqalpoğistonda mitinglar boşlanib ketişi va keyin uning radikal tus olib ketişi haqida siyosatşunos sifatida qanday fikr bildira olasiz?

— Namoyişlarning «yuqori darajada» va birdaniga taşkil etilgani har tomonlama (oldindan) tayyorgarlik körilganini körsatadi. Bular quyidagilarda körinadi.

Birinçisi, mana, hamma yerda (qonun loyihasining) muhokamasi boşlanganidan keyin, 2-3 kun ötib, buning keng muhokamasi uçun Telegram-kanal taşkil qilindi. Şu Telegram-kanal taşkil qilinganidan keyin, soatiga 5-6 ming kişi a’zo bölişni boşladi. Mana şu holatdan, ya’ni katta auditoriyaning birdaniga yiğilişi oldindan tayyorlab qöyilgan. Men nimaga asoslanib aytyapman? Bunday ssenariylar birinçi marta bölişi emas. 5-6 yil avval Arab bahorida, keyin Ukraina, Serbiyada, yana qöşni davlatlarda ham böldi. Biz bu narsalarni körganmiz, özimiz örganganmiz.

Köpçilik buni axborot uruşi deyişi mumkin, mana şu orqali aholini davlat siyosatiga teskari qilib qöyiş, turli noroziliklarni yuzaga keltiriş mumkin.

Keçagi voqealarga qaraylik, Telegram-kanal oçildi, iş ketyapti, birozdan keyin kanalda birdaniga tezislar (yöl-yöriqlar) paydo böla boşladi. Masalan, hukumatga qarşi böliş uçun qanday gaplar bilan murojaat qiliş kerak, kimlarni haqorat qiliş kerak va kimlarni maqtaş kerak? Buning ustiga mana şu tezislarda Konstitutsion islohot qoraqalpoqlarning manfaati uçun emas, ularning obröyini yerga uriş, Qoraqalpoğiston mustaqilligini yöqotişga qaratilgan, deb yozilgan gaplarni ham tarqatişgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda ham bir qança insonlar qizil kiyimlarda yurganini köriş mumkin. Bu yaqqol namoyon böladigan obraz hisoblanadi. Ular uzoqdan, har 3 kişiga aytib turadigan, yönaltirib turadigan odamlardir. Kerakliça odamlar yiğilgaç, mana şu insonlar olomonni sekin hukumat binolari tomon yönaltirişni boşlaydi.

Yana bir holatni ham kuzatdik, ijtimoiy tarmoqlarda «konkret» bir harakatga ötiş kerak degan tezislar ham tarqatildi. Hamma narsa pişdi, endi ular barça huquq-tartibot xodimlari namoyişçilar tomoniga ötgani, endi idoralarga boriş va özlarini himoya qiliş uçun qurol olişi kerakligi, umuman şunga öxşaş çorlovlarini ham kuzatdik. Mana şunga öxşaş tezislar, yöl-yöriqlarning doimiy ravişda kelib turgani ham taşqi kuçlar ta’siri borligining bir elementi hisoblanadi.