Rossiya aviakompaniyalari xorijda ijaraga olingan 400 dan ortiq yölovçi samolyotlarini haligaça qaytargani yöq. 13 iyul, çorşanba kuni Amerikaning The Washington Post gazetasi xabar berişiça, Ukrainadagi uruş uçun Rossiyaga qarşi sanksiyalar joriy etilgan vaqtda ijaraga olingan 515 ta laynerdan egalari atigi 80 tasini qaytarib olişga muvaffaq bölgan. 

Gazetaning yozişiça, aksariyat lizing beruvçilar endi öz samolyotlari, şuningdek, Rossiya aviakompaniyalariga ijaraga berilgan samolyot dvigatellari qaytarib berilmaydi, deb hisoblamoqda. Rossiya aviataşuvçilari tomonidan laynerlar qaytarilmagani uçun suğurta kompaniyalariga taqdim etilgan da’volar miqdori allaqaçon 10 milliard dollarga yetdi, deya xabar beradi sayyohlik sanoati uçun global tahliliy ma’lumot provayderi bölgan Cirium holdingi. 

Ukrainada uruş boşlanganidan keyin Rossiya aviatsiya sektoriga nisbatan misli körilmagan sanksiyalar joriy etildi. Yevropa, şuningdek, AQŞ va bir qator boşqa mamlakatlar havo kengliklari yopilganidan taşqari, Rossiya kompaniyalariga samolyotlar va ehtiyot qismlarni ijaraga beriş va sotiş taqiqlandi, Rossiya Federatsiyasi havo kemalariga texnik xizmat körsatiş. deyarli butunlay taqiqlangan. Rossiya yaqin kelajakda boşqa samolyotlarning parvoz muddatini uzaytiriş uçun eski xorijiy samolyotlarni qismlarga ajratişga majbur bölişini istisno qilmayapti.