20 yil içida birinçi marta ikki yirik jahon valutasi paritetga keldi: 12 iyul, seşanba kuni yevroni 1,00003 AQŞ dollari narxida sotib oliş mumkin böldi.
Yagona Yevropa valutasi yil davomida asta-sekin arzonlaşdi va iyun oyida uning narxi keskin tuşib ketdi. Mutaxassislar buni Ukrainadagi uruş oqibatlari va «Şimoliy oqim 1» gaz quvurining rejali texnik xizmat körsatiş uçun töxtatilişi fonida Rossiya gazi narxining oşişi bilan boğlaşmoqda.
Yevropalik iste’molçilar endi import qilinadigan tovarlar uçun köproq tölaşlari kerak böladi, Yevropa eksporti esa xalqaro bozorlarda yanada jozibador böladi.
Yevropa markaziy banki kredit stavkalarini oşirdi hamda inflatsiyani jilovlaş uçun buni davom ettirişni rejalaştirmoqda. Biroq, AQŞ Federal zaxira tizimi (FZT) şunga öxşaş çoralarni ança tezroq amalga oşirmoqda, bu esa dollarning mustahkamlanişiga yordam beryapti. Dollar va yevro oxirgi marta 2002 yilda Yevropa banknotlari va tangalari çiqarilgandan söng teng qiymatda bölgan edi.












