Çorşanba kuni Turkiyaning Istanbul şahrida Ukraina, Rossiya va Turkiya delegatsiyalari, şuningdek BMT vakillari iştirokida uçraşuv ötkazildi, tomonlar Ukraina ğallasi dengiz orqali eksport qilinişi yölidagi tösiqlarni olib taşlaş böyiça kelişib olişmoqçi. BMT boş kotibi Antoniu Guterriş bir hafta içida uşbu masalada yakuniy kelişuvga erişilişiga umid bildirgan.
Hozirda Ukraina buğdoy hosilini Dunay portlari va quruqlik orqali olib çiqmoqda, ammo bu kanallardagi uluş uruşgaça bölgan hajmning kiçikkina qismini taşkil etadi. 24 fevral kungi bosqindan keyin Qora dengizdagi ukrain portlari, xususan, Odessa va Mikolayivdagi portlar bloklanib qolgan, Azov dengizidagi portlar (Mariupol va Berdyansk) esa Rossiya tomonidan egallab olingan. Ğarb ekspertlari baholaşiça, Odessa va uning atrofidagi hududlarda 20 mln tonna atrofidagi buğdoy töplanib qolgan.
Ayni vaqtda Ukraina buğdoyi eksporti (qisman Rossiyaniki ham) keskin qisqarişi köplab badavlat bölmagan davlatlarda oziq-ovqat inqirozini yuzaga keltirişi xavfi tuğilgan.
Istanbuldagi uçraşuv natijasi böyiça tomonlar turli darajadagi noaniqlik bilan turli prognozlar berişdi. Şaxsi sir qolişi şarti bilan BBC muxbiriga intervyu bergan ğarblik amaldorlar muzokaralar «işbilarmonlik ruhida» ötgani, ammo qarorni 19 iyuldan oldin kutmaslik kerakligini aytgan. Öşa kuni Tehronda rossiyaliklar prezidenti Vladimir Putinning Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan bilan uçraşuvi ötkaziladi. Uşbu manbalarning sözlariga köra, Erdöğan duşanba kuni ötkazilgan telefon muloqotida Putinning eksportni oçib yuborişga roziligini olişga umid qilgandi, ammo aftidan Putin bu qarorni özi qabul qilib, bu haqda özi e’lon qilmoqçi bölmoqda.
Bu versiyani BMT boş kotibining bayonoti ham bevosita tasdiqlaydi, muzokaralardan keyin u tomonlar «muhim qadam taşlaşgani», ammo hozirça kelişuvga erişilmaganini aytgandi. «Umid qilamizki, keyingi haftada biz yakuniy kelişuvga ega bölamiz. Ammo, men oldin ham aytganimdek, barça manfaatdor tomonlar sa’y-harakat körsatişi kerak», degan Guterriş.
Turklar mudofaa vaziri Xulusi Oqar keyingi haftada Turkiyada barça delegatsiyalar iştirokida yana uçraşuv ötkazilişi va konsensusga erişilsa, navbatdagi uçraşuv kelişuv imzolanişi bilan yakunlanişini aytdi. «Biz umid qilamizki, ğalla va oziq-ovqat muammosi imkon qadar tez fursatda hal qilinadi. Öylaymizki, yakuniy kelişuvga keyingi haftada erişiladi», degan turklar mudofaa vazirligi rahbari.
Ukraina taşqi işlar vaziri Dmitro Kuleba çorşanba kuni Ispaniyaning El Pais naşrida e’lon qilingan intervyusida tomonlar kelişuvga yaqin ekanini aytgandi. «Ukraina öz ğallasini jahon bozoriga çiqarişga tayyor. Biz Rossiya bilan kelişuvga erişişdan ikki qadam berida, yakuniy bosqiçda turibmiz. Hozirda barçasi Rossiyaga boğliq. Agar ular çindan istaşsa, tez orada ğalla eksporti boşlanadi», degan Kuleba.















