13 iyul, çorşanba kuni davlat dumasiga davlat mudofaa buyurtmalari böyiça şartnomalar bilan işlovçi banklar röyxatini e’lon qilişni töxtatiş töğrisidagi qonun loyihasi kiritildi. Vakolatli banklar mudofaa korxonalariga kreditlar beradi. Keyinçalik, ularga Rossiya hukumati tomonidan kompensatsiya tölanadi.
2017 yil dekabr oyida davlat dumasi «Davlat mudofaa buyurtmasi töğrisida»gi qonunga özgartirişlar kiritdi. Ular Rossiya Bankiga vakolatli banklarning oylik röyxatini rasmiy veb-saytida e’lon qilmaslikka ruxsat beradi. Biroq bunday banklar röyxatini e’lon qiliş töğrisidagi qoida öz kuçida qolgandi. Endi uni bekor qiliş taklif qilinmoqda.
Şu tariqa, deputatlar banklarni Ukrainadagi uruş munosabati bilan yuzaga kelişi mumkin bölgan yangi sanksiyalardan himoya qilmoqçi. Avvalroq, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi ortidan Markaziy bank röyxatidagi 6 ta bank SWIFT tizimidan uzilgan edi.












