Respublikaning muvaqqat prezidenti etib tayinlangan Şri-Lanka boş vaziri Ranil Vikramasingxe mamlakatda favqulodda holat e’lon qildi va komendantlik soati joriy etdi. 13 iyul, çorşanba kuni yozib olingan telemurojaatida u bu qadamlarni parlament va mamlakat hukumati qarorgohiga bölajak hujum haqidagi maxsus xizmatlarning ma’lumotlari bilan izohladi.
Şri-Lanka prezidenti Gotabaya Rajapaksa öşa kuni ertaroq mamlakatni tark etdi, deya xabar beradi dpa. News First xabariga köra, u avvalroq mamlakat parlamenti rahbari Mahinda Yape Abeyvardenega iste’foga çiqişini ma’lum qilgan. Yangi prezident uçun ovoz beriş 20 iyul kuni bölib ötadi.
Hindiston janubida joylaşgan, 22 million aholiga ega orol davlat 1948 yilda Britaniyadan mustaqillikka erişganidan beri eng oğir iqtisodiy inqirozga yuz tutmoqda. Orolda oziq-ovqat, dori-darmon va yonilği yetişmayapti. Şri-Lankada inflatsiya 54,6 foizga yetdi, mamlakatning taşqi qarzi 51 milliard dollarni taşkil qilyapti.
9 iyul kuni namoyişçilar mamlakatning eng yirik şahri Kolombodagi prezident saroyiga bostirib kirib, boş vazir Vikramasingening şaxsiy qarorgohiga öt qöydi. Ular, şuningdek, hukumat rahbarining iste’fosini talab qilişdi.












