13 iyul, çorşanba kungi savdolar çoğida yevro kursi 2002 yil dekabridan beri birinçi marta yevrohududning iqtisodiy istiqbollari yomonlaşişi va Rossiya gazini Yevropaga yetkazib beriş töliq töxtatilişi ehtimoli fonida 1 AQŞ dollaridan pastga tuşdi.
Yagona Yevropa valutasi bir neça yöqotişlarni qoplaşdan oldin kun davomida 0,9998 dollargaça tuşib ketdi. Yil davomida yevro asta-sekin arzonlaşdi va iyun oyida uning narxi keskin tuşib ketdi. Mutaxassislar buni Ukrainadagi uruş oqibatlari va «Şimoliy oqim 1» gaz quvurining rejali texnik xizmat körsatiş uçun töxtatilişi fonida Rossiya gazi narxining oşişi bilan boğlaşmoqda. Bir kun avval, 20 yil içida birinçi marta yevro/dollar juftligi minimal paritetga yetdi, yevro kursi 1 AQŞ dollarigaça tuşdi.
AQŞda inflatsiya böyiça ma’lumotlar e’lon qilinişi fonida Yevropa valutasining qadrsizlanişi tezlaşdi. Iyun oyida mamlakatda iste’mol narxlari yillik hisobda 9,1 foizga oşgan. Bu 1981 yildan beri eng yuqori körsatkiçdir. AQŞda inflatsiyaning navbatdagi sakraşi Federal zaxira tizimi (FZT) tomonidan pul-kredit siyosati yanada qat’iylaştirilişi ehtimolini oşiradi.












