Bu haqda taşkilot boş kotibi Çjan Min ma’lum qildi.
«Belarus Respublikasi ŞHTga a’zo davlat sifatida kiriş uçun rasman ariza topşirdi», — deyiladi xabarda.
Şuningdek, Eron Islom Respublikasiga ŞHTga a’zo davlat maqomini beriş jarayoni nihoyasiga yetayotgani ma’lum böldi.
Avvalroq, Vladimir Norov ŞHTning bloksiz maqomini saqlab qoliş muhimligini bildirgandi.
Özbekiston 2022 yilda taşkilotning amaldagi raisi hisoblanadi.
«Kelib çiqayotgan qiyinçilik va çaqiriqlarga qaramay, ŞHT uçun blokdan taşqari maqomini saqlab qoliş prinsipial ahamiyatga ega», — dedi Norov ŞHTni kuçayib borayotgan beqarorlik fonida harbiy taşkilotga aylantiriş mumkinmi degan savolga javob berar ekan.
Şu bilan birga, Norov ŞHTga a’zo davlatlar uçun hozirda ŞHTning yangi çaqiriq va tahdidlarga qarşi kuraşda salohiyatini kuçaytiriş bilan boğliq ustuvor vazifalarni hal etişga e’tibor qaratiş muhim ekanini ta’kidladi.












