Rossiyaning «Gazprom» kompaniyasi Yevropadagi kamida bitta yirik iste’molçiga gaz yetkazib beriş bilan boğliq fors-major holatini e’lon qildi. Bu haqda Reuters 18 iyul, duşanba kuni kompaniya maktubiga tayanib xabar berdi.

14 iyul kuni «Gazprom» gaz oluvçini öziga boğliq bölmagan «favqulodda vaziyatlar» tufayli yonilği yetkazib beriş böyiça majburiyatlarini bajara olmasligi haqida xabar bergan. Bu qanday holat ekani haqida agentlik xabar bermadi. Uşbu holatga olib kelgan voqea 14 iyun kuni sodir bölgan, deyiladi xatda, şu kuni kompaniya birinçi marta Yevropaga gaz yetkazib berişni qisqartiriş haqida e’lon qildi. Rossiya kompaniyasi bu ma’lumotga izoh bermadi.

Reuters manbasiga köra, gap Germaniyaga gaz yetkazib berişning asosiy yönalişi bölgan «Şimoliy oqim 1» quvuri haqida bormoqda. «Fors-major» holatlari kompaniya öziga boğliq bölmagan sabablarga köra majburiyatini bajara olmaganida qöllaniladi, deb ta’kidlaydi Reuters. «Gazprom»ning bunday bayonoti Yevropa va Rossiya örtasidagi ziddiyatni kuçaytirişi mumkin, deya ogohlantirgan agentlik.

«Şimoliy oqim» gaz quvuri 11 iyul kuni rejali ta’mirlaş işlari uçun yopilgan edi. Ular 21 iyulgaça davom etişi kerak, biroq Germaniya hukumati siyosiy sabablarga köra iş oxir-oqibat «doimiy ta’mirlaş»ga aylanib ketişidan xavotir olyapti. 

Gaz quvurining yopilişidan oldin u orqali Rossiya tomonidan beriladigan gaz hajmi keskin kamaygan - loyiha quvvatining 40 foizigaça. Rossiya kompaniyasi buni texnik muammolar bilan izohladi - Kanada Rossiyaga qarşi sanksiyalar tufayli ta’mirlangan Siemens Energy turbinalarini Viborg yaqinidagi «Portovaya» kompressor stansiyasiga qaytarişni muzlatib qöydi. 

«Bugun biz Rossiya energiyadan qurol sifatida foydalanayotganini aytişga majburmiz. Heç kim Rossiya gaz ta’minotini faqat texnik sabablarga köra qisqartirayotganiga işonmaydi», - dedi Germaniya kansleri Olaf Şols «Gazprom» bayonotiga javoban. 

Natijada, Kanada turbinani Germaniyaga jönatiş imkoniyatiga ega bölişi uçun sanksiyalarni vaqtinçalik töxtatib turdi. Germaniya hukumati «agar bu kanadaliklar uçun qonuniy ma’noda qaror qabul qilişni osonlaştirsa», Berlin uskunalarni Moskvaga emas, öz hamkorlariga topşirişni qöllab-quvvatlaşini ta’kidladi. Turbinaning qaytişi Rossiyani gazni standartdan ança past darajada yetkazib beriş bahonasidan mahrum qiladi, deya ma’lum qildi rasmiy Berlin.

Rossiya matbuotiga köra, 17 iyul kuni Kanada Germaniyaga ta’mirlangan turbinani yetkazib bergan. Germaniyadan uni paromda Helsinkiga, u yerdan esa Rossiyaga olib borişadi. U «Portovaya» kompressor stansiyasiga 24 iyul kuni yetib boradi. «Şimoliy oqim» orqali yiliga 55 milliard kubometr gaz ötadi. 2021 yilda Germaniya 100 milliard kubometr gaz iste’mol qildi.