BMT boş kotibi Antoniu Guterriş global oziq-ovqat inqirozini hal qiliş uçun şoşilinç muvofiqlaştirilgan çoralar köriş zarurligini e’lon qildi. Ukraina va Rossiyada işlab çiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlarini jahon bozorlariga qaytariş zarur, dedi u 18 iyul, duşanba oqşomida tarqatilgan videomurojaatda.

Rossiya va Ukrainada işlab çiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlari dunyoning bir qança mintaqalarida oçarçilikdan saqlanişga yordam beradi, dedi u. Şu bilan birga, Guterrişning sözlariga köra, «jasur va muvofiqlaştirilgan siyosiy çoralar» körilişi kerak. Agar hozir va birgalikda harakat qila boşlansa, dunyo hali ham «halokatdan qoçib qutula oladi». «Bu Ukrainaning oziq-ovqat işlab çiqarişi, şuningdek, Rossiyaning oziq-ovqat va öğit mahsulotlarini jahon bozorlariga zudlik bilan qaytarilişi va oçiq xalqaro savdoni saqlab qoliş demakdir», — dedi BMT boş kotibi.

Guterriş global oziq-ovqat xavfsizligi holati haqidagi sönggi hisobotga işora qildi. Uşbu hujjatda ta’kidlanişiça, sönggi ikki yil içida iqlim özgarişi, mojarolar va pandemiya fonida sayyorada oziq-ovqat mahsulotlarining oğir tanqisligidan aziyat çekayotganlar soni ikki baravar köpaygan. «Bu yil biz katta miqdordagi odamlar uçun haqiqiy oçarçilik xavfiga duç kelyapmiz. Kelgusi yil esa bundan ham battar bölişi mumkin. Ammo hozir harakat qilsak, bu falokatdan qoçişimiz mumkin», - deya ta’kidladi jahon taşkiloti rahbari.

Xalqaro gumanitar taşkilotlar va davlat rahbarlari Ukrainadagi uruş va Ukraina portlarida don olib ötadigan kemalarning blokadasi qaşşoq mamlakatlarda, birinçi navbatda, Şimoliy Afrikada oçarçilik muammosini yanada kuçaytirişi mumkinligi haqida bir neça bor ogohlantirgan. Ma’lumotlarga köra, jahon buğdoy eksportining qariyb 30 foizi Rossiya va Ukraina hissasiga töğri keladi.

Germaniyaning Welthungerhilfe xayriya taşkiloti ma’lumotlariga köra, oçarçilik xavfi ostida qolganlar soni 811 millionga yetgan. Ayniqsa, Yaman, Afğoniston va Janubiy Sudan, şuningdek, iqlim inqirozi oqibatlari kuçli qurğoqçilikka sabab bölayotgan Madagaskar va Şarqiy Afrikada vaziyat keskin. 2021 yilda bir neçta inqirozlar tufayli oziq-ovqat narxlari 28 foizga oşgan va Ukrainada 2022 yil fevralida boşlangan uruş narxlarning yanada oşişiga olib kelgan, deya xabar beradi taşkilot iyul örtalarida. «Afğonistondan Zimbabvegaça odamlar non, don yoki meva narxining 60 foizga oşişi bilan kuraşmoqda», dedi Welthungerhilfe rahbari Marlen Tiyeme.