Xususan, AQŞning Milliy Aeronavtika va Fazo ma’muriyati (NASA) bergan ma’lumotlarga köra, çaqnaş natijasida Yer sayyorasiga juda köp miqdordagi quyoş zarralari tuşib, ular magnitosfera bilan töqnaşgaç, G2 yoki G3 sinfidagi geomagnit böronini keltirib çiqaradi.
Quyoş zarralari sayyoramizga bugun — 19 iyul kuni yetib kelişi va geomagnit hodisasi 20 va 21 iyulda ham davom etişi prognoz qilingan.
Xöş, ana şunday vaziyatda şifokorlar qanday yöl tutişni tavsiya etadi? SSV matbuot xizmati şu savol bilan vazirlik boş nevrologi, tibbiyot fanlari doktori, professor Yoqutxon Majidovaga murojaat qildi.
— Magnit böronidan ayniqsa, arterial gipertoniya xastaligiga çalingan bemorlar köproq aziyat çekadi, — deydi mutaxassis. — Ya’ni qon bosimining oşib yoki pasayib ketişi ular salomatligiga jiddiy xavf tuğdirişi mumkin.
Bu holat organizmda taşqi stresslarga çidamlilikni ta’minlaydigan melatonin moddasi işlab çiqarilişi kamayişi bilan izohlanadi.
Qolaversa, magnit böroni bronxial astma bilan oğrigan odamlar salomatligida ham muammolarni keltirib çiqarişi kuzatilgan.
Şunday ekan, bunday vaziyatda, avvalo, ovqatlaniş ratsioniga alohida e’tibor qaratiş va köproq suyuqlik içiş lozim.
Höl mevalar, qolaversa, mayiz va turşak kabi kaliyga boy mahsulotlar, tarkibida C vitamini köp bölgan ne’matlardan iste’mol qiliş zarur. Bu anomal issiq harorat uçun ham mos tavsiyadir.
Magnit böroni kuzatiladigan kunlarda spirtli içimliklardan butunlay voz keçiş hamda yoğli, aççiq, şör taomlar iste’mol qilmaslik tavsiya etiladi. Çunki tuz qon bosimi oşişiga sabab böladi.
Tinçlantiruvçi xususiyatga ega çoylardan içiş ham maqsadga muvofiq. Öz navbatida, mutaxassislar ortiqça zöriqtiruvçi işlar va maşğulotlar bilan vaqtinça şuğullanmaslikni maslahat berişadi.
Surunkali kasalliklarga çalinganlar esa özlari bilan şifokorlar tomonidan buyurilgan dori-darmonlarni olib yurişlari hamda qon bosimini tez-tez nazorat qilib turişlari lozim.
Kun davomida bir neça marta duş qabul qiliş ham katta foyda beradi.












