18 iyuldan 21 iyulgaça magnit tebranişlarining kuçi 3-4 ballni taşkil etadi, keyingi kunlarda u 5 ballga yetadi, deb yozadi «Komsomolskaya pravda». Mutaxassislarning hisob-kitoblari boşqaça: ba’zi ekspertlar böron sayyoraga faqat 19 iyulda, boşqalari esa bir neça kundan keyin yetib kelişini bildirmoqda.
Gismeteo ma’lumotlariga köra, 18-20 iyul kunlari magnit faolligi kiçik darajada baholanmoqda - magnit maydonining «kiçik buzilişlari» kuzatiladi.
Meteorologlarning eslatişiça, magnit böronlari davrida odamlar soğliğiga xavf tuğdirmaslik uçun oddiy qoidalarga amal qiliş kerak. Bunda, kuçli ovqatlar, spirtli içimliklarni iste’mol qilmaslik, çekmaslik tavsiya etiladi. Mutaxassislar, şuningdek, fuqarolarga, ayniqsa, ob-havo şaroitiga sezgir bölganlarga avtomobil haydaşdan tiyiliş va stressdan qoçişni maslahat beradi.
Mutaxassislarning fikriga köra, magnit böronlari ta’siri ostida holsizlik, psixoemotsional holatning pasayişi, boş oğriği va uyqusizlik kuzatilişi mumkin. Simptomlar tana xususiyatlariga, odamning yoşiga, surunkali kasalliklarning mavjudligiga boğliq. Keksa odamlar meteorologik holatga köproq moyildir.
Juda kuçli magnit böronlari radioelektronika va turli aloqa vositalarining işlaşida uzilişlarga olib kelişi mumkin.












