Jöqorği Kenges axborot xizmati xabariga köra, mazkur masala yuzasidan Oliy Majlis Senati a’zolari, deputatlari, muassasalar rahbarlari, şahar va tumanlar hokimlari, tuman hokimlari sözga çiqib, sodir bölgan noxuş holatlarga öz munosabatini bildirgan hamda tegişli qaror qabul qilingan.

3 iyuldan joriy etilgan favqulodda holat rejimi 2 avgust soat 00:00gaça amal qiladi.

Qoraqalpoğistondagi sessiyani yoritgan “Yangi Özbekiston” naşri dastlab öz xabarida qoraqalpoğistonlik deputatlar prezident Şavkat Mirziyoyevdan favqulodda holatni bekor qiliş va “aybsiz fuqarolarni afv etiş”ni sörayotgani haqida yozdi, keyinroq öz xabarini tahrirladi: unga köra, prezidentga murojaatdan faqat favqulodda holatni yumşatiş sörovi joy oladi.

Eslatib ötamiz, 13 iyul kuni favqulodda holat rejimi yumşatilgan, komendantlik soati 21:00 – 07:00 oraliğidan 23:00 – 05:00 oraliğigaça qisqartirilgan edi.

1-2 iyul kunlari bölib ötgan namoyiş va tartibsizliklardan keyin kiritilgan rejim quyidagilarni nazarda tutadi:

  • komendantlik soati amal qiladi;
  • jamoat tartibini, öta muhim va toifalangan obektlarni hamda aholining hayot faoliyatini ta’minlovçi infratuzilma obektlarini muhofaza qiliş kuçaytirildi;
  • Qoraqalpoğiston hududida harakatlaniş erkinligi çeklandi, şu jumladan transport vositalari uçun ham;
  • fuqarolarning şaxsini tasdiqlovçi hujjatlar tekşirilmoqda, ular şaxsiy körikdan ötkazilmoqda, ulardagi aşyolar va transport vositalari közdan keçirilmoqda;
  • Qoraqalpoğiston hududiga kiriş va undan çiqiş çeklandi;
  • tinç yiğilişlar, köngiloçar, sport va boşqa ommaviy tadbirlar taşkil etilişi va ötkazilişi taqiqlandi;
  • yuridik şaxslar faoliyatini töxtatib turiş yoki tugatişga qaratilgan iş taşlaşlar va boşqa har qanday harakatlar taqiqlandi;
  • qurol, öq-dorilar, portlovçi moddalar, maxsus vositalar, zaharli moddalar sotilişi taqiqlandi;
  • dori va giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar hamda etil spirti va alkogol mahsulotlari muomalasining alohida tartibi joriy etildi;