21 iyul kuni soat 14:00 atrofida elektr energiyasi ta’minotida yoppasiga uziliş kuzatilgani aytilmoqda. Tahririyatga kelib tuşgan ma’lumotlarga köra, bir vaqtning özida poytaxtning bir qança tumanlari “svet”siz qolgan.
Energetika vazirligi bu uzilişlar sababini anomal issiq bilan izohladi va ayrim hududlardagi elektr ta’minotida yuzaga kelayotgan nosozliklar maxsus brigadalar tomonidan zudlik bilan bartaraf etilişi ta’minlanayotganini ma’lum qildi.
«Şu kunlarda respublikamizning barça hududlarida havo haroratining anomal isib ketişi natijasida ayrim joylardagi transformator punktlari hamda kabel tarmoqlarida iste’mol yuklamasi ortişi kuzatilib nosozliklar kelib çiqmoqda.
Uşbu elektr tarmoqlaridagi favqulodda holatlarning oldini oliş va ularni bartaraf etiş maqsadida hududlar böylab tun-u kun işlaydigan 227 ta avariyaga qarşi maxsus brigadalar taşkil etilgan bölib, yuzaga kelgan nosozliklar zudlik bilan bartaraf etib borilmoqda.
Ana şunday anomal issiq natijasida yuzaga kelayotgan noqulayliklar uçun iste’molçilardan uzr söraymiz», deyiladi vazirlik xabarida.
Şu yilning boşida ham Toşkent şahrining aksariyat hududlarida elektr energiyasi uzilib qolgan, energetik kollaps metro harakati va suv ta’minotida ham muammolarni keltirib çiqargandi.
Keyinçalik qöşni Qozoğiston va Qirğizistonda ham svet yöqlişi, butun Markaziy Osiyoda böylab blekaut yuz bergani ma’lum bölgandi.
Kun.uz anomal issiq tufayli Özbekiston jazirama rekordlari yangilanişi kutilayotgani haqida ogohlantirib, energota’minot bunga qançalik tayyorligi bilan qiziqqan, biroq mutasaddilar tahririyat savollarini javobsiz qoldirgandi.
Odamlar jaziramada elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlanmayotgani bilan boğliq muammoni ötgan yili ham kötarilgan












