Ukrainadagi uruşning 149-kuni boşlandi. Sönggi ma’lumotlar

  • Rossiya harbiylari Xarkivdagi bozor va uning yonidagi avtobus bekatini öqqa tutgan — uç kişi halok bölgan. Kramatorskda zarba natijasida vayron bölgan maktab hududidan uç kişining jasadi çiqdi.
  • Turkiya prezidenti Rajab Erdöğan Rossiya va Ukraina uning mamlakati hamda BMT hamkorligida ukrain portlarini qamaldan yeçiş va ukrain ğallasi eksportini davom ettiriş böyiça kelişuvga erişganini ma’lum qildi. Kelişuv bugun Istanbulda imzolanişi kutilmoqda.
  • Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va Britaniya taşqi razvedkasi MI-6 rahbari Riçard Mur Ukraina qurolli kuçlari yaqin vaqtlar içida Donbassda qarşi hujum boşlaşi mumkinligi, çunki Rossiya frontga yangi harbiy xizmatçilar va qurol-yaroğ jönatişi qiyinlaşayotganini ma’lum qildi.
  • Ukraina qurolli kuçlari 21 iyul kuni törtta asosiy yönalişda ham rossiyalik harbiylar hujumi qaytarilganini ma’lum qildi. Ukrainaning önlab aholi punktlariga öt yoğdirilgan.
  • Britaniya mudofaa vazirligi yaqin vaqtlar içida Ukraina armiyasiga 155 millimetr kalibrli (bu NATO standarti) 20 dan oşiq artilleriya qurilmalari, 36 dona 105 mm kalibrli L119 öziyurar gaubitsalari, yuzlab «kamikadze-dron»lar va 1600 donadan ortiq tankka qarşi raketa tizimlari yuboradi. 
  • Amerikalik harbiylar Ukrainaga sovet tanklariga qarşi kuraş uçun maxsus işlab çiqarilgan A-10 Warthog şturmoviklarini yetkazib beriş masalasini muhokama qilmoqda, ammo hozirça yakuniy qarorga kelinmagan.

Quyida 21 iyul kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar:

Xarkiv oblasti

Ukrain harbiy xizmatçilari Xarkiv oblasti hududidagi front liniyasida M777 gaubitsalaridan öt oçmoqda. Bir kun oldin Xarkiv Rossiya qöşini tomonidan öqqa tutilgandi. Xarkiv oblasti prokuraturasi ma’lumotlariga köra, ikki hududga raketalar kelib tuşgan — Saltovka (turar joy binosi zararlangan) va Kiyev rayonlari (bozor va avtobus bekati). Uç kişi halok bölib, 23 kişi yaralangan.
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrainaning «Karpatskaya seç» bataloni harbiy xizmatçisi ratsiya orqali oldingi çiziqdagi komandiri bilan gaplaşmoqda