Rossiya qöşinlari tomonidan egallab olingan Xerson oblastida eng yirik Google qidiruv tizimiga kiriş bloklandi. Bu haqda 22 iyul, juma kuni okkupatsion ma’muriyat vakiliga tayanib, RIA «Novosti» xabar berdi. 

«Google qidiruv tizimi öçirildi, xuddi şu narsa YouTube va Viber bilan ham kuzatilgan. Qidiruv tizimi bloklangan», - deya okkupatsion hokimiyatning bayonotidan iqtibos keltirgan agentlik. Qayd etilişiça, bloklaşga Ukraina va Amerika rasmiylari uşbu servislardan foydalanişi sabab bölgan.

Avvalroq «Donetsk xalq respublikasi», undan bir kun oldin esa «Lugansk xalq respublikasi»da Google’ga kiriş bloklangani haqida xabar berilgan edi. 

Ukrainaning Rossiya kuçlari tomonidan bosib olingan hududlarida yangi «harbiy-fuqarolik ma’muriyatlar» tayinlandi, Rossiya telekanallari va radiostansiyalari efirga uzatila boşlandi, aholiga Rossiya pasportini oliş taklif qilinmoqda.