1945 yil kuzda, Yaponiya ikkinçi jahon uruşida yengilganidan söng AQŞ va SSSR Koreya yarimorolini 38-paralleldan böliş böyiça kelişuvga erişadi. Şundan söng mamlakat şimoli SSSR, janubiy qismi AQŞ nazoratiga ötadi.

Garçi Koreya yarimoroli ikkiga bölingan bölsa-da, AQŞ va SSSR yarimorolni töliq egallab, uning barça qismini öz nazoratiga oliş rejasidan voz keçmagandi. Şu sababli, yarimorol ikkiga bölingandan boşlab har ikki tomon öz tarğibotlarini boşlab yuboradi.

Şimoldagi kommunistlar koreyslarga «baxtli va farovon hayot»ni va’da qila boşlaydi. Janub esa inson huquqlariga rioya qilinadigan erkin jamiyat va erkin bozor tamoyillariga asoslangan davlat qurişni rejalaştiradi.

Har ikki tomon Koreya yarimoroliga yakkahukmronlik qilişni xohlardi. Şu sababli turli fitnalar ortidan 1950 yilda yarimorolda kommunistik tuzum tarafdorlari bölgan şimolliklar va AQŞ boşliq Ğarb bilan yaqin aloqa örnatişni xohlovçi janubliklar örtasida fuqarolar uruşi boşlanadi. Şimolliklarga SSSR armiyasi yordam beradi, janubliklar AQŞ armiyasi yordamiga tayanadi.

Uç yil davom etgan uruşdan söng tomonlar 1945 yildagi kelişuv böyiça 38-parallel çiziği atrofidan çegara ötkazilişiga rozi böladi.

Şimolda kommunistik partiya yakkahokimligiga asoslangan Koreya Xalq Demokratik Respublikasi, janubda esa Koreya Respublikasi tuziladi. Şu tariqa 1945 yilgaça Yaponiya mustamlakasi bölgan Koreya yarimorolida ikkita koreys davlati paydo böladi.

Yarimorol ikkita davlatga bölingandan söng Koreya Respublikasiga AQŞ va boşqa Ğarb davlatlaridan köp miqdorda investitsiyalar kiritiladi va mazkur davlat qisqa muddatda rivojlanib ketadi.

Şimoldagi qöşnilar esa sovetlar yordami bilan ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan davlat barpo etişadi. Sovetlar tomonidan qöyilgan rahbar Kim Ir Sen mamlakatni 1948 yildan 1994 yilgaça, ya’ni vafot etgança boşqaradi.

KXDR aholisi Kim Ir Sen davrida asosan sobiq ittifoqdan oladigan yordami bilan kun köradi. Şunday bölsa-da, bu mamlakat özining qoloq bir davlat ekanini, aholining turmuş darajasi janubdagi qöşnilardan ança ortda qolib ketganini yaşiriş uçun doimiy tarzda tarğibot olib boradi.