Yevropol Ukraina rasmiylari bilan Yevropa ittifoqida qurol savdosi xavfini kamaytiriş uçun yaqindan hamkorlik qilmoqda. Bu haqda YeI politsiya xizmatining 22 iyul, juma kuni e’lon qilingan bayonotida aytiladi. Yevropa muvofiqlaştiruvçi organi öqotar qurollarni kuzatiş va qidiriş masalasida Ukraina tomoniga işonişlarini hamda 2017 yilda operativ bitim imzolanganidan beri Kiyev bilan hamkorlik yölga qöyilganidan mamnun ekanliklarini qayd etdi. 

Ukraina huquq-tartibot idoralari «Rossiyaning davom etayotgan harbiy tajovuziga qaramay, YeI içki xavfsizligi uçun manfaatdor bölgan işlar» doirasida özaro hamkorlikni davom ettirmoqda», — deya bildirdi Yevropol.

Yevropa politsiya xizmati Ukrainada öqotar qurol va öq-dorilarning aylanmasi ularning ma’lum kontrabanda yöllari yoki onlayn-platformalarda sotiş orqali YeIga noqonuniy yetkazib berilişining oşişiga olib kelişi mumkinligini tan oldi. Yevropol «mojaro tugaganidan keyin tahdid yanada kuçayişi mumkinligi» haqida ogohlantirdi. 

Avvalroq Yevropol matbuot kotibi Yan Op Gen dpa agentligiga uning xizmati qora bozorda Ukrainadan öqotar qurol va boşqa harbiy tovarlar savdosi holatlarini qayd etganini ma’lum qilgandi. Ayrim YeI davlatlarining huquq-tartibot idoralari oğir qurollar ham sotilişini istisno etmayapti. «U uyuşgan jinoiy guruhlar yoki terrorçilar qöliga tuşib qoliş xavfi bor», — dedi Yevropol vakili. 

Darknetda, uning sözlariga köra, Britaniyaning Javelin olib yuriluvçi zenit-raketa majmuasi sotuvga qöyilgan. Şu bilan birga, Yevropol bunday takliflar «ğarb qurollarini yetkazib berişga salbiy munosabatni şakllantiriş maqsadida Rossiya taşviqotining bir qismi» bölişi mumkinligini istisno etmayapti. 

Yevroparlamentda Söllar partiyasining Germaniyadan bölgan deputati Özlem Alev Demirel Ukrainaga bundesver tomonidan yetkazib berilayotgan qurollar ham noqonuniy yöllar bilan YeIga kirişi yoki qora bozorga tuşişi mumkinligidan xavotir bildirdi. 

Bundestagdagi «Ittifoq-90/Yaşillar» fraksiyasi raisi örinbosari, parlamentning maxsus xizmatlarni nazorat qiliş qömitasi a’zosi Konstantin fon Nots kontrabandaning oldini oliş uçun quroldan foydalaniş ustidan samarali nazoratni joriy etiş zarur, degan fikrni bildirdi.