Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Air Astana reys kechikkani uchun jarimaga tortildi
Jarima miqdori 3 mln tangadan ko‘proqni yoki 6,3 ming dollarni tashkil etadi.
Qozog‘iston Fuqaro aviatsiyasi qo‘mitasi Air Astana aviakompaniyasi parvozlarni kechiktirgani uchun jarimaga tortilgani haqida xabar berdi. Jarima 16 iyulga rejalashtirilgan Olmaota – Male reysi uzoq muddatga kechiktirilgani munosabati bilan qo‘llangan.
Surishtiruv davomida yo‘lovchilar parvozni 15 soatdan ortiq kutishgani aniqlangan. Shu bilan birga, ularga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan xizmatlar, ya’ni mehmonxonalarni joylashtirish xizmatlari lozim darajada taqdim etilmagan. Mazkur holat yuzasidan aviakompaniya 3 million tangadan ortiq yoki 6,3 ming dollar miqdorida ma’muriy jarimaga tortildi.
Yo‘lovchilar faqatgina bitta reysda kuzatilgan muammodan shikoyat qilishmagan. Qozog‘iston Fuqaro aviatsiyasi qo‘mitasiga 150ga yaqin murojaat kelib tushgan bo‘lib, ayni paytda ularning har biri o‘rganib chiqilayotgani, qonunbuzarlik tasdiqlansa, tegishli protsessual choralar ko‘rilishi bildirilgan.
Eslatib o‘tamiz, 19 iyul kuni soat 9:30da Toshkentdan Andijonga parvoz qilishi kerak bo‘lgan samolyot 12:30da uchib ketgan, soat 8 da aeroportga borgan yo‘lovchilar 4,5 soat kutishga majbur bo‘lishgan.
Mavzuga oid
11:01
Yo‘lbo‘yi pulli avtoturargohlar uchun haq to‘lamaganlarga jarima qo‘llanishi mumkin
21:36 / 12.07.2026
Bug‘doydan bo‘shagan yerlarni yoqib yuborgan 172 kishiga 212,5 mln so‘m jarima solindi
20:34 / 10.07.2026
Rossiya gazining O‘zbekistonga yetkazib berish hajmi oshishi kutilmoqda
17:53 / 08.07.2026