«Mançester Yunayted» hujumçisi Kriştianu Ronaldu faoliyatini Ispaniya Primerosida davom ettirişi mumkin. Daily Mail naşri xabar berişiça, 37 yoşli futbolçining xizmatlariga Madridning «Atletiko» klubi qiziqiş bildirmoqda.
Manba ma’lumotiga köra, portugaliyalik futbolçi «matrasçilar» safiga ötişga rozilik bergan. Ammo bu transfer amalga oşişi uçun madridliklar klubi qaysidir asosiy futbolçisini sotişi kerak böladi.
The Times naşrining yozişiça, klub maoşlar vedomostini qisqartiriş uçun Grizmanni sotişi mumkin.
Ronalduning «Atletiko»ga ötişiga tösiqlardan biri klub muxlislarining Kriştianuga munosabati hisoblanadi, forvard avval Madridning boşqa bir jamoasi «Real»da öynaganida muxlislar uni yoqtirmay qolişgan.
Avvalroq, Ronaldu «MYu»ni tark etişni istayotgani ma’lum bölgandi. Kriştianu Çempionlar ligasida iştirok etuvçi klub safiga ötişni istamoqda, şuningdek, uni «qizil iblislar»ning transferlar bozoridagi harakati qanoatlantirmayapti. 37 yoşli portugaliyalik «Man Yunayted» bilan mavsumlar oraliğidagi turnega bormagan.
Ronaldu «Mançester Yunayted»ga 2021 yil yozida qaytgandi. Uning amaldagi şartnomasi muddati 2023 yil oxiriga qadar tuzilgan.
Mirror naşri ma’lumotiga köra, ingliz klubi rahbariyati 37 yoşli portugaliyalik futbolçisini sotişni istamayapti. «Qizil iblislar» Ronaldu klub bilan şartnoman 2024 yilga qadar uzaytiriş haqidagi bandni işga tuşirişini, şundan keyin 2022/2023 yilgi mavsum yakunigaça ijaraga yöl olişini istaşmoqda.
«Mançester Yunayted»dagilar oldinda turgan mavsum yakunida Çempionlar ligasiga yöllanma qölga kiritişiga, Ronaldu esa jamoaga qaytib, 2023/2024 yilgi mavsumda jamoaga yordam berişiga umid qilmoqda.












