«Bavariya» bu yil yozda Yevropada transferlar uçun eng köp pul sarflagan klublardan biri bölib turibdi. Mavsumlar oraliğida nemis klubi yangi futbolçilar uçun 120,5 million yevro xarajat qildi, bu «Mançester Siti», «Barselona», «Çelsi», «PSJ» va «Real»nikidan köproq.

Bild naşri talqiniga köra, hozirgaça eng köp pul sarflagan klublar uçligi quyidagiça:

  1. «Arsenal» – 127,06 mln yevro (Gabriel Jyezus – 52,2 mln yevro, Fabiu Viyeyra – 35 mln yevro, Aleksandr Zinçenko – 30 mln yevro, Mett Tyorner – 6,36 mln yevro, Markinos Oliveyra – 3,5 mln yevro).
  2. «Bavariya» – 120,5 mln yevro (Matteys de Ligt – 70 mln, Sadio Mane – 32 mln, Rayan Gravenberx – 18,5 mln yevro)
  3. «Mançester Siti» – 108,75 mln yevro (Erling Holand – 60 mln yevro, Kalvin Fillips – 48,75 mln yevro)

Keyingi örinlarda «Barselona» (103 mln yevro), «Çelsi» (94,2 mln yevro), «Borussiya Dortmund» (86 mln yevro), «Liverpul» (85,8 mln yevro), «Real» (80 mln yevro), «PSJ» (79,5 mln yevro) va «Mançester Yunayted» (72,37 mln yevro) bormoqda.

«Bavariya» nafaqat xarajat, balki sifat jihatidan ham boşqalardan oldinda boryapti. Bundan taşqari, nemislar hali transfer bozorida işni tugatmagan.

Matteys de Ligt – mustahkam himoya varianti

Himoyaçi Matteys de Ligt – «Bavariya»ning asosiy xaridi. U nemis klubi bilan 2027 yilgaça şartnoma imzoladi. Transfer summasi 67 mln yevro böldi. Myunxen klubi bu summani tört yil davomida tölab beradi. Klublar örtasidagi kelişuvda 10 mln yevro miqdorida bonuslar ham közda tutilgan.

«Bavariya» de Ligtning narxini tuşirişga muvaffaq böldi. Dastlab «Yuventus» kamida 75 mln yevro va bonuslar talab qilgandi. Futbolçi nemislarga juda qimmatga tuşdi, ammo ortiqça tölov miqdori juda katta böldi deyişga asos yöq. Hali ham katta salohiyatga ega 22 yoşli himoyaçi uçun maqbul narx.

De Ligt «Bavariya» safida örtoqlik uçraşuvida ilk golini urişga ulgurdi.
Foto: TIM NWACHUKWU/GETTY IMAGES

«Yuve»da Matteysning işi yurişmadi. Niderlandiyalik futbolçi 2019 yilda Turinga emas, balki «Ayaks»dan «Bavariya»ga ötmoqçi bölganini tan olgan edi. De Ligtning orzusi amalga oşdi – endi u Myunxenda. Bundan buyoğiga futbol maydonida öz salohiyatini isbotlaşi kerak. Matteys yomon boşlamadi. «Di-Ci Yunayted»ga (6:2) qarşi örtoqlik öyinida gol urdi.