Diniy idora Ta’lim va ilmiy-tadqiqotlar bölimi öz tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalariga kiriş imtihonlarini ötkaziş sanasi böyiça ma’lumot berdi. Unga köra:
- 2022 yil 3-4 avgust kunlari Hadis ilmi maktabiga kiriş imtihonlari bölib ötadi. Xususan, 3 avgust kuni muassasa sport zalida ijodiy imtihon, 4 avgust kuni muassasa hovlisida test sinovlari bölib ötadi. 5 avgust kuni mandat hay’ati natijalarni e’lon qiladi.
- 2022 yil 8-9 avgust kunlari Imom Buxoriy nomidagi Toşkent islom institutiga kiriş imtihonlari bölib ötadi. Xususan, 8 avgust – Arab tilidan ijodiy imtihon, 9 avgust kuni Fiqh va aqoid hamda Özbekiston tarixi fanlaridan test sinovlari bölib ötadi. 10 avgust kuni natijalar e’lon qilinadi.
- 2022 yil 11-12 avgust kunlari Mir Arab oliy madrasasiga kiriş imtihonlari bölib ötadi. Xususan, madrasa binosi hovlisida 11 avgust ijodiy imtihonlar, 12 avgust kuni esa fiqh va aqoid hamda Özbekiston tarixi fanlaridan test sinovlari böladi. 13 avgust kuni natijalar e’lon qilinadi.
Diniy idoraning qöşimça qilişiça, Imom Buxoriy nomidagi Toşkent islom instituti, Mir Arab oliy madrasasi va Hadis ilmi maktabiga örta maxsus islom ta’lim muassasalarini tamomlagan abituriyentlarning hujjatlari qabul qilingan.
Özbekiston Musulmonlari idorasi tasarrufidagi örta maxsus islom ta’lim muassasalari kiriş test sinovlari esa Davlat test markazi tomonidan ötkaziladi. Örta maxsus islom ta’lim muassasalariga kiriş imtihonlarining sanasi böyiça qöşimça ma’lumot beriladi.












