Prezidentning Samarqandda Şanhay hamkorlik taşkiloti sammitini yuqori saviyada ötkazişga doir topşiriğiga muvofiq, Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan Samarqand şahrida musavvirlar uçun plener taşkil etildi. Unda iştirok etiş uçun ŞHTga a’zo davlatlardan taniqli rassomlar taşrif buyurişdi.

Musavvirlar uçun Ipak yöli xalqaro turizm universitetining sport zalida mö’jaz ijodiy ustaxona taşkil qilib berilgan. Ular şaharning diqqatga sazovor nuqtalariga çiqib ham ijod qilişmoqda.

Ipak yöli xalqaro turizm universiteti sport zalidagi ijodiy ustaxona

Özbekiston davlat san’at muzeyi direktori Vasila Fayziyevaning aytişiça, rassomlar tarafidan Samarqandning madaniy merosi mavzusida yaratilgan san’at asarlari ŞHT oldidan körgazma tariqasida san’atsevarlar e’tiboriga havola etiladi.

Vasila Fayziyeva, Özbekiston davlat san’at muzeyi direktori

«Plenerda rassomlar ikki hafta davomida Özbekistonning diqqatga sazovor maskanlari tasvirini aks ettirişadi», — dedi boş vazir örinbosari, Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov.

Ayni paytda asosan Markaziy Osiyo va Rossiyadan kelgan rassomlar ijod bilan şuğullanişmoqda. Keyingi taşrifda Xitoy, Hindiston, Pokiston va Erondan ham rassomlar kelişadi.

Qozoğistondan kelgan musavvir Baxtnur Burdesbekov öz fikrlari bilan örtoqlaşdi. Uning Samarqandga kelganiga bir hafta bölibdi. Taşkilotçilariga bunday unumli tadbirni uyuştirgani uçun taşakkur bildirib ötdi.

Baxtnur Burdesbekov, qozoğistonlik rassom

Rassomlarning işini muvofiqlaştiruvçi Dilorom Mamedovaning aytişiça, özi bunday plenerlarda muntazam iştirok etib kelgan. Özbekistonda esa Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan plener ilk bor taşkil etilmoqda. Bu, albatta, jahonda dong taratgan rassomlarning ijodiy tajriba almaşinuvi uçun foydali tadbir böladi. Dilorom Mamedovaga köra, rassomlar içida yurtimizga ilk marta kelganlari ham bor. Issiq va quruq ob-havo, taomlarimiz ularga yoqqan, osori-atiqalar, milliy buyumlar va mahsulotlardan esa köpçiligi hayratga tuşgan.