Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan 5 avgust kuni bir kunlik taşrif bilan Soçiga boradi, deb xabar berdi Onadölu agentligi.

Xabarda aytilişiça, Turkiya prezidenti Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokara ötkazadi.

“Muzokaralar kun tartibidan Rossiya va Ukraina örtasidagi uruş hamda mintaqadagi boşqa jarayonlar mavzusi örin olgan”, deyiladi xabarda.

Şuningdek, ikki davlat rahbarlari “ğalla yölagi” böyiça kelişuvning amalga oşirilişiga baho berişadi.

Avvalroq Eron poytaxti Tehronda Rossiya, Turkiya va Eron prezidentlari iştirokida Suriya masalasi böyiça sammit ötkazilgandi.

Rajab Toyyib Erdöğan Tehronda Vladimir Putin bilan ötkazgan muzokaralarini sermahsul deb atadi.