Rossiyada bir qança yahudiy taşkilotlari RF Adliya vazirligidan ular «xorijiy agent» deb e’lon qilinişi mumkinligi haqida ogohlantiriş xati oldi. Bu haqdagi xabarni 25 iyul, duşanba kuni The Jerusalem Post gazetasi ma’lumot manbasini oşkor etmagan holda e’lon qildi. 

RF Adliya vazirligining maktublari yuborilgan taşkilotlar faoliyati asosan Isroil va AQŞ tomonidan moliyalaştiriladi, ular majburiy yopiliş xavfi ostida, deya ta’kidlagan gazeta. Şu bilan birga, çet eldan mablağ va ta’sirga ega bölmagan Rossiya yahudiy taşkilotlari bunday xatlarni olmagan. 

The Jerusalem Post’da ta’kidlanişiça, «tahdidlarga ega bölgan maktub» iyul oyi boşida Isroilga repatriatsiya bilan şuğullanuvçi hamda repatriantlarga yordam beruvçi «Söxnut» yahudiy agentligi tomonidan ham olingan. 21 iyul kuni RF Adliya vazirligi sudga Rossiyadagi «Söxnut» idoralarini tugatiş talabi bilan murojaat qilgani ma’lum böldi. Moskvaning Basmanniy sudi da’voni 28 iyul kuni körib çiqadi. 

The Jerusalem Post ma’lumotiga köra, Isroil «Söxnut»ning Rossiyadagi vakolatxonalari yopilgan taqdirda bir qator javob çoralarini tayyorlamoqda. Xususan, Isroil hukumati Rossiya öz mulki deb hisoblagan Quddusdagi Aleksandr majmuasiga egalik qiliş böyiça sud jarayonini keçiktirişi mumkin. Gap, şuningdek, Ukrainani Rossiya bilan uruşda qöllab-quvvatlaş va elçini maslahatlaşuvlar uçun Moskvadan çaqirib oliş haqida ham boryapti.