Germaniyaning Lufthansa aviakompaniyasi xodimlari 27 iyul, çorşanba kuni erta tongda iş taşlaş e’lon qilib, Germaniyadagi deyarli barça reyslari bekor bölganini e’lon qildi. Buning oqibatlari 134 000 ga yaqin yölovçilarga, birinçi navbatda, Frankfurt-Mayn va Myunxenning yirik aeroportlarida ta’sir körsatdi.
Ver.di kasaba uyuşmasi aviakompaniya rahbariyati bilan tariflar böyiça kelişmovçiliklar çoğida sayyohlik mavsumining qizğin pallasida ogohlantiruvçi iş taşlaşni uyuştirişga çaqirgandi.
Lufthansa press-reliziga köra, Frankfurt-Mayn aeroportida 678 ta reys bekor qilingan, bu 92 mingga yaqin yölovçiga ta’sir körsatadi, Myunxen aeroportida esa 345 ta reyslar 42 mingga yaqin yölovçining manfaatlarini qamrab oladi. Iş taşlaş 28 iyul kuni ertalab soat 6 ga qadar davom etadi.
Kasaba uyuşmasi aviakompaniyaning 20 mingga yaqin xodimi uçun maoşni 9,5 foizga oşiriş va eng kam soatlik iş haqi 13 yevro miqdorida örnatilişini talab qilmoqda.












