“Nahotki, keyingi konstitutsiya özgarişlarini kutsak” – siyosatşunoslar konstitutsiyada aks etişi kerak bölgan siyosiy islohotlar haqida
|23:52 / 27.07.202228 5938 min
Kun.uz’ning özgartirilayotgan konstitutsiya, uning sabablari va yangi konstitutsiyada aks etişi kerak bölgan normalar atrofidagi navbatdagi tahliliy suhbatida bir qator siyosatşunos, jamiyatşunos va inson huquqlari faollari iştirok etdi.
Quyida suhbat iştirokçilarining Özbekiston konstitutsiyasida aks etişi kerak bölgan siyosiy islohotlar borasidagi fikr, takliflari bilan tanişişingiz mumkin.
Abdurahmon Taşanov, Inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi
Hozir inson huquqlari haqida köp gapirilyapti. Xöş, Özbekistonda inson huquqlarini buzadigan kim özi? Amerika politsiyasimi yo Norvegiya politsiyasi?
Konstitutsiyada inson huquqlari masalasi kötarilayotgani yaxşi, men buni olqişlayman, lekin inson huquqlarini ta’minlaş uçun avvalo davlat hokimiyatlari muvozanatga keltirilişi kerak. Inson huquqlarini buzadigan insonlarni avval tartibga soliş kerak.
Abdurahmon Taşanov
Konstitutsiyada avvalo davlat boşqaruvi va uning asoslari takomillaşişi kerak. Şunga qarab keyin boşqa milliy qonunlar ham işlab çiqiladi.
Ikkinçidan, siyosiy plyuralizm deyapmiz. Mana masalan, Özbekistonda siyosiy partiya taşkil qiliş uçun taşabbuskorlarga 20 ming imzo töplaş majburiyati belgilab qöyilgan. Holbuki, 156 million aholisi bor Rossiyada bu talab 500ta imzoni talab qiladi. Biz totalitar deydigan Turkmaniston, totalitar deydigan Belarusda ham yangi partiyaga imzo töplaş uçun mingta ovozning özi kifoya qiladi. Bizda nega bunça köp?
Bu holat özgarişi avvalo konstitutsiyada öz aksini topişi kerak. Şu nuqtayi nazardan, siyosatşunoslar, jamiyatşunoslar, jurnalistlar va umuman, mamlakat kelajagiga befarq bölmaganlar islohot kerak, deyotgan ekan, özgarişlar avvalo şu sohalardan boşlanişi kerak.
Biz inson huquqlarini qança uluğlamaylik, muammoning ildizi hal bölmasa, inson huquqlarini ham ta’minlab bölmaydi. Çunki doktor bitta bemorni davolaydi, öntasini davolaydi, lekin mingtasini davolay olmaydi. Buning uçun birinçi navbatda tizimni töğrilaş kerak.
Prezidentning çiqişlari, undagi ehtirosli fikrlar menga juda yoqadi, lekin uning jamoasida şijoat yöqligi, prezident nima deyotganini tuşunmasligi ajablanarli.
Farhod Tolipov, siyosatşunos:
Mavzuga oid
Siyosiy islohot – juda katta va keng tuşunça. Şuning uçun men bizga zarur bölgan bir-ikkita islohotni aytiş bilan çeklanaman.
Birinçi islohot joylarda ijro hokimiyati rahbari saylanişi bölişi kerak. Bu masalani yangi konstitutsiya loyihasida aks etmayotgani uçun ham kötaryapman.
Biz hokimlarni saylaş jarayoniga allaqaçon yetib keldik. Men bugun Özbekistonga konstitutsion islohot nega kerak deyilsa, mana şu islohotni birinçi bölib aytgan bölardim.
Ha, konstitutsiyada hokim va kengaş raislari vakolati ajratilyapti, lekin hokim baribir tayinlanadigan bölib qolyapti. U saylanmaydi. Men e’lon qilingan loyihadan mana şu islohotni kutgandim, afsuski, u keçiktirilyapti. Nahotki, biz şu islohotlar uçun yana keyingi konstitutsiya özgarişlarini kutsak?
Agar şu norma konstitutsiyada aks etsa, juda katta va kerakli özgariş bölgan bölardi.
Ikkinçidan, Özbekistonda amaldagi konstitutsiya böyiça Oliy Majlisga partiyalar körsatgan röyxat asosida saylaniladi. Mustaqil nomzodlar deputatlikka afsuski, nomzodini qöya olmaydi.
Hozir konstitutsiya özgarayotgan ekan, unda parlamentga mustaqil va taşabbuskorlar tavsiya etgan nomzodlar saylaniş imkoniyati ham aks etişi kerak.
Uçinçidan, amaldagi qonunlarimizda töğrilaş kerak bölgan yana bir xatolik bor. Bu – deputat va senatorlarga şu faoliyatidan taşqari öqituvçilik faoliyatiga ham ruxsat berilganidir.
Fikrimça, deputat va senatorlarning şu faoliyatdan boşqa biror işda işlaşi taqiqlanişi kerak.
Biz bilamiz, hozir bir qança senator universitetlarda rektor bölib işlaydi. Ammo universitet hayoti, rektorlik şunday katta işki, inson butun hayotini unga bağişlaşi kerak. Senatorlar birdaniga ikki lavozimda işlar ekan, yo u yo bu lavozimni töliq olib borolmaydi.
Bu hamma joyda, deputat va senatorlar faoliyatiga teng joriy qilinişi kerak. Vazifa böşab qolmaydi, iste’dodli insonlar har doim topiladi.
Afsuski, bu Özbekistonda katta illat – davlat xizmatçilari bir vaqtda bir neça lavozimda işlaydi.
Dilsora Fozilova, jamiyatşunos
Konstitutsiyaga özgarişlar kiritilar ekan, avvalo uning qonuniy tizimlari yaratilişi kerak. Ya’ni konstitutsiyada islohotlarning qonuniy tizimini yaratiş haqida band bölişi kerak.
Özbekiston konstitutsiyasi juda yaxşi, unda kuçli ideologiyani köriş mumkin. Kamçiliklarni esa tuzatişga harakat qilyapmiz.
Yuqorida Abdurahmon Taşanov davlat rahbarining çiqişlaridan ta’sirlanişi haqida gapirdi. Men ham Mirziyoyevning çiqişlarida siyosiy falsafani his qilaman. Ammo muammo uning ijrosi va qonuniy mustahkamlanganida.
Bu yerda şuningdek, islohotlardagi qat’iylik masalasi ham bor. Deylik, rejalar bajarilmasa nima bölişi mumkin? Qonuniy himoyasi-çi? Bizning kamçiligimiz şu yerda. Ya’ni biz falsafaga egamiz, lekin uning ijrosiga kelganda juda köp teşiklar bor. Uning ijrosiga kelganda, huquqlar buzilyapti. Şuningdek, sud tizimida köplab kamçiliklar kuzatilyapti.
Men tahlil qilyapman, takliflar juda çiroyli, lekin ularning qonuniy strukturasi hali çizilmagan. Buning uçun ekspertlar guruhi oylab işlaşi kerakligini köryapman. Buni sud tizimidagilar ham tuşunişi va himoya qilişi kerak.
Kamoliddin Rabbimov, siyosatşunos
Birinçidan, hokimiyat va hokimiyat tarmoqlari maksimal darajada xalq manfaatlariga boğlanişi kerak.
Ikkinçidan, hokimiyatlar imkon qadar oçiq va şaffof bölişi kerak. Bunda şuningdek, hokimiyatlardagi nomarkazlaşuv katta tezlikda amalga oşişi kerak.
Bizga Konstitutsiyaviy sudning ham isloh bölişi juda muhim. Biz konstitutsiyaviy islohotlar haqida gapiryapmiz, va mana şu islohotlarning boşida turuvçi organ ham konstitutsiyaviy sud aslida. Ammo bugun Özbekistonda bunday sud borligini haqida bilişmaydi ham.
Tahlil qilaylik, masalan, Gruziya aholisi 3 milliondan ortiqroq. Özbekistonda esa 36 million. Gruziya Konstitutsiyaviy sudi 2021 yilda 300 dan ortiq işni körib çiqqan. Özbekiston Konstitutsiyaviy sudi esa bor-yöği bitta iş körgan.
Bunga sabab Özbekiston qonunçiligi Konstitutsiyaviy sud körayotgan işning barça instansiyalardan ötgan bölişini talab qiladi.
Konstitutsiyaviy sud bizda töğridan töğri jamiyatga boğlanmagan. U juda yopiq bir klubga öxşaydi. U yerda kim işlaydi, idorasi qayerda, heç kim bilmaydi.
Bizda birinçi ma’muriyat davrida şakllangan siyosiy zehniyat bugungaça ham yetib keldi.
Unutmaslik kerak, Konstitutsiyaviy sudning faol işlaşi hokimiyatga va prezidentga bölayotgan bosimlarni yengillaştiradi. U qançalik samarali işlasa, hokimiyatga bölayotgan negativni şunçalik pasaytiradi. Uning kuçayişida esa biror siyosiy xatar yöq.
Bugun burçakda turgan, körinmaslikka intilayotgan, “tuyaquş pozitsiyasi”dagi Konstitutsion sud faoliyatini isloh qiliş vaqti keldi deb öylayman.
Yoki Senat faoliyatini olaylik. Amaldagi qonunçilikda Özbekiston senatining töğridan töğri qonunçilik taşabbusi bilan çiqiş vakolati mavjud emas. Uning şakllanişi ham ijro hokimiyatining bevosita va bilvosita töliq qölida. Ön olti senatorni prezident tayinlasa, qolgan senatorlar şunçaki viloyat hokimlari filtridan ötadi.
Bugun senatorlarni ham töğridan töğri xalq tomonidan saylaydigan tizim qiliş juda muhim. Bunda biror siyosiy inqiroz paydo bölmaydi, qaytaga senat faoliyati yanada kuçayadi.
Bunda jarayonni qonunçilik taşabbusini bölib beriş orqali taşkil qiliş mumkin. Masalan, taşqi siyosat böyiça taşabbuslarni senat bildirişi mumkin. Rivojlangan davlatlarning barçasida şunday.
Özbekistonda Senat faoliyati kuçayişi raqobatbardoş siyosiy tizimni jonlantirgan bölar edi.
Agar Konstitutsion komissiya dinamik işlaydigan bölsa, bunday taşabbuslar juda köp böladi.
Intervyuni töliq holda yuqoridagi video orqali tomoşa qilişingiz mumkin.