«Putin uçun kutilmagan muammo» – Qozoğistonning Rossiya bilan muvozanatli diplomatiyasi haqida
|20:52 / 27.07.202251 70511 min
Qozoğiston Ukrainadagi uruşga qarşi namoyişlarni ham, Rossiya bosqinining ramzlaridan biri bölgan Z belgisini omma oldida namoyiş qilişni ham taqiqlab qöygan. Şuningdek, Qozoğiston hukumati AQŞ, Turkiya va Xitoy bilan harbiy sohada hamkorlikni rivojlantirişga, mudofaa budjetini oşirişga urğu qaratmoqda.
Foto: kremlin.ruFoto: kremlin.ru
Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişidan söng, Markaziy Osiyo mamlakatlari, xususan, Qozoğiston rasmiy Moskva bilan öz munosabatlarini qayta körib çiqişga qaror qilgan. The Wall Street Journal naşrida e’lon qilingan maqolada Markaziy Osiyoda Moskva va Pekin örtasidagi yaşirin mehnat taqsimoti özgarib borayotgani, Qozoğiston hukumati AQŞ, Turkiya va Xitoy bilan harbiy sohada hamkorlikni rivojlantirişga harakat boşlaganiga urğu berilgan.
Şuningdek, Qozoğiston mudofaa xarajatlarini oşirayotgani, neftni sotiş uçun Rossiyani çetlab ötadigan yangi yönalişlar böyiça işlar olib borayotganiga e’tibor qaratilgan. Jumladan, aprel oyida Qozoğiston hukumati mudofaa budjetini 441 milliard tengega (taxminan 915 million dollar) oşirgan. Mablağlarning bir qismi mamlakat harbiy zaxiralarini oşirişga yönaltiriladi.
«Joriy yil boşida Qozoğistonda yuzaga kelgan tartibsizliklarni bartaraf etiş uçun Rossiya hukumati 2000 dan ortiq harbiylarini yubordi. Uşbu voqeadan olti hafta ötib, rus qöşinlari Ukrainaga bostirib kirdi. Qozoğiston esa «maxsus harbiy operatsiya»ni qöllab-quvvatlaş orqali Rossiya oldidagi «qarzi»ni qaytarişi mumkin edi. Ammo bunday bölmadi.
Qozoğiston ham Rossiyaning janubiy çegarasidagi boşqa Markaziy Osiyo davlatlari kabi betaraf qoldi. Ğarbning Moskvaga qarşi sanksiyalarini qöllab-quvvatlaşga va’da berdi, Rossiyani aylanib ötuvçi yöllar orqali Yevropaga neft eksportini köpaytirişini aytdi, mudofaa budjetini oşirdi va AQŞ delegatsiyalarini qabul qildi.
Moskva va uning Markaziy Osiyodagi eng yirik ittifoqçisi örtasida masofa paydo bölayotgani Vladimir Putin uçun kutilmagan muammodir. SSSR parçalanganidan keyingi davrda rasmiy Moskva harbiy va iqtisodiy ittifoqlar tuziş orqali Markaziy Osiyo böylab ta’sirini saqlab qolişga harakat qildi. Bu borada asosiy urğu hududi Ğarbiy Yevropadan kattaroq bölgan, neftga boy davlat Qozoğistonga qaratildi. Ikki davlat 4750 milya (7644 km) umumiy çegaraga ega, bu AQŞ-Kanada çegarasidan keyin dunyodagi ikkinçi eng uzun çegara hisoblanadi.
Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişidan keyin Qozoğiston rasmiy Moskva bilan munosabatlarini qayta körib çiqişga qaror qildi. Qozoğistonning amaldagi va sobiq amaldorlari, siyosatçilari va tahlilçilarining sözlariga köra, mamlakat öz taşqi siyosatidagi Rossiyaning imtiyozli mavqeyini qayta körib çiqmoqda hamda AQŞ, Turkiya va Xitoy kabi davlatlar bilan aloqalarni yaxşilaşga harakat qilmoqda.
Iyun oyida Sankt-Peterburgda ötkazilgan iqtisodiy forum doirasida Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev uning mamlakati özini özi mustaqil deb e’lon qilgan «DXR» va «LXR»ni tan olmasligini aytdi. Moderatorning Ğarb sizning mamlakatingizga bosim ötkazyaptimi, degan savoliga esa aniq javob bermadi.
Mavzuga oid
Putin va Töqayev Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida. 2022 yil 17 iyun/TASS
Taşrif çoğida Töqayev Rossiya davlat televideniyesiga bergan intervyusida Qozoğiston Rossiyaga sanksiyalarni çetlab ötişda yordam bermasligini aytdi, biroq Rossiya asosiy ittifoqçi bölib qolişini ham ta’kidladi.
Bu juda nozik muvozanat. Qozoğiston Ukrainadagi uruşga qarşi namoyişlarni taqiqlagan, biroq Rossiya bosqinining ramzlaridan biri bölgan Z belgisini omma oldida namoyiş qilişni ham taqiqlab qöydi.
Qozoğiston Rossiya bilan hamfikr böliş niyati yöqligi haqidagi dastlabki signallarni mart oyi boşlarida BMTning bosqinni töxtatişni talab qiluvçi rezolyutsiyada betaraf qolişi bilan körsatgandi. Bu voqeadan bir neça kun ötgaç esa Ukrainaga 28 tonna dori-darmonlardan iborat gumanitar yordam yuborildi. Keyinçalik ham Ukrainaga bir neça samolyotda insonparvarlik yordamlari jönatildi.
Iyul oyi boşida Qozoğiston moliya vazirligi Ğarbning Rossiyaga eksport qilinadigan ayrim mahsulotlarga nisbatan çeklov örnatiş haqidagi loyihasini e’lon qildi. Qozoğistonning uşbu pozitsiyasi Rossiyadagi ba’zi insonlarni qattiq ğazablantirdi.
«Qozoqlar, bu qanday körnamaklik? Ukrainada sodir bölayotgan voqealarni diqqat bilan kuzating. Agar siz juda ayyor bölişga harakat qilayotgan bölsangiz va sizga heç narsa bölmaydi deb tasavvur qilsangiz, adaşasiz», deya ta’kidlagan propagandaçi Tigran Keosayan Rossiya davlat telekanalidagi körsatuvlarning birida.
Qozoqlar bu kabi tahdidli gaplarga örganib qolişgan. Mamlakat aholisining taxminan 20 foizini etnik ruslar taşkil etadi va rus millatçilari Qozoğiston şimolini rus yerlari deya da’vo qilib kelişadi. 2014 yilda Rossiya Qrimni Ukrainadan ajratib olgandan söng, Putin sovet ittifoqi parçalanmagunça Qozoğistonda davlatçilik tarixi bölmaganini iddao qilib çiqqandi.
Ukrainadagi harbiy harakatlar boşlanganini Qozoğiston taşvişli tarzda qabul qildi, çunki uşbu mamlakat Markaziy Osiyoda Rossiya bilan çegaradoş yagona davlatdir. Mintaqadagi boşqa mamlakatlar: Qirğiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Özbekiston ham bosqinni qöllab-quvvatlamadi. Öz navbatida, Özbekiston hukumati ham Donbassdagi «respublika»larni tan olmasligini ma’lum qildi.
Uruş AQŞning Markaziy Osiyo mintaqasiga nisbatan qiziqişlari qayta tiklanişiga sabab böldi. Aprel oyida prezident Jo Baydenning inson huquqlari böyiça boş diplomati Uzra Zeya mintaqa mamlakatlariga safar uyuştirdi. May oyi oxirida AQŞ Davlat kotibi yordamçisi Donald Lu Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va Özbekistonga, iyun oyida esa AQŞ Markaziy qömondonligining yangi rahbari, armiya generali Maykl Erik Kurilla ham yuqorida nomi tilga olingan mamlakatlarga taşrifni amalga oşirdi.
AQŞ Davlat departamentining ikki rasmiysi sözlariga köra, AQŞ Markaziy Osiyo hukumatlaridan Ukrainani qöllab-quvvatlaşda Ğarb bilan birga bölişni söragan, biroq ortiqça bosim ötkazmagan.
Markaziy Osiyo davlatlarida Rossiya bilan madaniy, iqtisodiy va tarixiy aloqalar çuqur yölga qöyilgan. Moskvaning Qirğiziston va Tojikistonda harbiy bazalari, Qozoğistonda ballistik raketaga qarşi sinov maydonçasi mavjud.
May oyi boşida Qozoğistonning eng yirik şahri Olmaotada 10 mingga yaqin odam faşistlar Germaniyasining mağlubiyatini xotirlaş uçun köçaga çiqişdi. Ular sovet bayroqlarini silkitib, sovet diktatori Iosif Stalin portretini kötarib, ruslarning uruş balladalarini kuylaşdi.
Rossiya mintaqa mamlakatlarining eng yirik savdo şerigi hisoblanadi, millionlab markaziy osiyolik işçilarni iş bilan ta’minlaydi. Pul ötkazmalarining uluşi Qirğiziston YaIMining qariyb uçdan bir qismini, Tojikiston YaIMining çorakdan köproğini va Özbekiston YaIMining 10 foizga yaqinini taşkil etadi.
Ğarb sanksiyalar kiritgaç, Qozoğistonning Yevropa bilan Rossiya orqali ötadigan an’anaviy savdo yöli faoliyati deyarli töxtab qoldi, suğurta kompaniyalari va importçilar uşbu mamlakat orqali savdo qilişda ehtiyotkorlik körsata boşladi. Uşbu omillar Qozoğiston rasmiylarini savdoni diversifikatsiya qilişga undadi (Jahon banki Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiyoti joriy yilda örtaça 4,1 foizga qisqarişini prognoz qilmoqda).
Uruş boşlanganidan bir neça hafta ötgaç, Qozoğiston delegatsiyasi Kaspiy dengizi böyida joylaşgan va Turkiya bilan çegaradoş sobiq sovet davlatlari – Ozarboyjon va Gruziyaga safar qilib, Xitoydan Yevropaga ötuvçi savdo yöli – «Örta koridor»ni qayta tiklaş böyiça muzokaralar olib borişdi.
Turkiya taşqi işlar vazirligi sobiq maslahatçisi Selçuk Çölaköğlining ta’kidlaşiça, ilgari uşbu savdo yöli Markaziy Osiyo davlatlari tomonidan ham, Xitoy va Turkiya tomonidan ham jiddiy örganilmagan, çunki ular Rossiyani ğazablantirmoqçi bölişmagan.
Qozoğiston sanoat vazirligi transport siyosati va infratuzilmasi departamenti direktori örinbosari Zeynolla Axmetjanovning ma’lum qilişiça, yanvar-aprel oylarida Qozoğistonning Kaspiy dengizidagi Aqtau va Kurik portlari orqali yuk taşiş ötgan yilning mos davriga nisbatan uç baravar köpaygan.
Savdoni diversifikatsiya qiliş Qozoğiston uçun ekzistensial savoldir. Rossiya sönggi bir neça oy içida Qozoğiston neftining qariyb 80 foizini Qora dengizdagi port şahar Novorossiyskka olib boradigan Kaspiy quvurini ikki marta töxtatib qöydi. Mart oyi oxirida uçta terminaldan ikkitasini böron tufayli zarar körganini sabab sifatida körsatib, berkitdi. Uşbu terminallar faqatgina Qozoğiston delegatsiyasining aprel oyida muzokaralar uçun Moskvaga borganidan bir neça kun ötibgina qayta oçildi.
Iyul oyi boşida Rossiya sudi atrof-muhitga zarar yetkazganlik da’vosi bilan gaz quvuri işini 30 kunga töxtatib qöyiş haqida qaror qabul qildi. Uşbu qaror bir neça kundan keyin bekor qilingan bölsa-da, Qozoğiston tomonini jiddiy öylaşga majbur qildi. Prezident Töqayev neftni sotiş uçun Rossiyani çetlab ötadigan yangi yönalişlar, xususan, dengizni kesib ötadigan yönaliş qurişga körsatma berdi.
Köp yillar davomida Markaziy Osiyoda Moskva va Pekin örtasida yaşirin mehnat taqsimoti mavjud edi. Moskva xavfsizlikni nazorat qilgan, Pekin esa iqtisodiy rivojlaniş bilan şuğullangan. Uşbu jihat endilikda özgarmoqda.
Aprel oyining oxirida Xitoy milliy mudofaa vaziri Vey Fenhe Qozoğistonga taşrif buyurib, prezident Töqayev bilan uçraşdi. Xitoy Milliy Mudofaa vazirligiga köra, tomonlar harbiy hamkorlikni kuçaytirişga kelişib olgan.
Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Anqarada matbuot anjumanida, 2022 yil 10 may
Foto: Mustafa Kaya / Xinhua / SIPA / Scanpix / LETA
Şuningdek, rasmiy Nur-Sulton NATOga a’zo hisoblanuvçi Turkiya bilan ham yaqinroq aloqa örnatişga harakat qilmoqda. May oyi boşida Töqayevning Anqaraga taşrifi davomida ikki davlat vakillari Qozoğistonda harbiy dronlarni birgalikda işlab çiqariş böyiça kelişuv imzolagan.
Aprel oyida Qozoğiston hukumati mudofaa budjetini 441 milliard tengega (taxminan 915 million dollar) oşirgan. Ismi sir tutilgan yuqori martabali amaldorning sözlariga köra, mablağlarning bir qismi mamlakat harbiy zaxiralarini oşirişga yönaltiriladi. Qozoğiston Ukrainaning qattiq qarşiligidan saboq olgan, mamlakat armiyani jangovar harakatlardan taşqari kiberhujumlar, dezinformatsiya va saylovlarga aralaşiş kabi körinişlarda boruvçi gibrid uruşga tayyor bölişi uçun isloh qilişi zarur.
Ğarbda ba’zilar Rossiya armiyasi «qoğoz yölbars» kabi foş böldi, deb hisoblayotgan bölsa-da, Markaziy Osiyo davlatlaridan birining yuqori martabali amaldorlari Rossiya ambitsiyalaridan qörqiş kuçayib borayotganini aytib ötgan.
«Rossiya Şarqiy Yevropa va Ukrainada öz vaqtini ötkazyapti. Tasavvur qiling, agar ular Ukraina bilan band bölmay qolişsa, biz keyingisi bölamizmi?» – degan u.