Tunisda prezident Qays Said tomonidan taklif qilingan hamda unga köproq vakolatlar berilişi nazarda tutilgan munozarali konstitutsiyaviy tuzatiş loyihasi referendumda köpçilik ovoz bilan qabul qilindi. Tunis saylov organi 26 iyul, seşanba kuni keçqurun ma’lum qilişiça, dastlabki hisob-kitoblarga köra, ovozlarning 94,6 foizi uşbu tuzatişlar qabul qilinişini yoqlab berilgan.

Ovoz berişning özi 25 iyul kuni bölib ötdi, muxolifat esa uni boykot qildi. Sönggi rasmiy ma’lumotlarga köra, referendumda saylovçilarning taxminan 30,5 foizi qatnaşgan. Muxolifat kuçlari hokimiyatni ma’lumotlarni soxtalaştirişda ayblab, ovoz beriş huquqiga ega bölganlarning katta qismi konstitutsiyaviy referendumda qatnaşmaganini ta’kidlamoqda. 

Yangi konstitutsiyaga köra, prezident parlament iştirokisiz hukumat rahbari va vazirlarni tayinlaşi hamda lavozimidan ozod qilişi, şuningdek, boşqa loyihalardan ustun bölgan qonun loyihalarini parlamentga kiritişi mumkin. Parlamentning pozitsiyalari sezilarli darajada zaiflaşdi. Yangi konstitutsiyada prezidentning iste’foga çiqişi közda tutilmagan. 

Qays Said 2019 yilda Tunis prezidenti etib saylangan. 2021 yilda u favqulodda qonunlarga asoslanib, hukumat va parlamentni tarqatib yubordi. Tanqidçilar Said taşabbusi bilan boşlangan konstitutsiyaviy islohot mamlakatni uzoq yillik davlat rahbari, 2011 yilda «Arab bahori» deb atalgan ommaviy namoyişlar natijasida hokimiyatdan çetlatilgan Zin al-Obidin bin Ali davridagi kabi avtoritar boşqaruv tizimiga olib kelişi mumkinligidan xavotirda.