Har bir ona uçun bolasining kamolini köriş baxt bölsa, Nargiza Uzoqxöjayeva uçun esa bu sinov bölib kelyapti. Boisi, uning 14 yoşli qizi Dilsora Akmalxöjayeva 2020 yildan beri boş miyaning oğir kasalligi bilan oğriydi. Ayni vaqt bu beğubor qizaloq saxovatpeşa insonlarning kömagiga muhtoj.

“Şu ikki yil oldin qizim boşim oğriyapti deb yurardi. Qizimning gaymoriti bor edi, şuning hisobiga bölayotgan oğriq deb öyladim. Bir kun yana boşi oğrib yurganda, hovliga çiqib özidan ketib qoldi. Qarasam, yerda yotibdi. Ança vaqt öziga kelmadi. Borib, tekşirtirsak miyasida ösimtasi bor ekan. Murakkab jarrohlik amaliyoti ötkazilişi kerak deyişdi, jamğarmalardan yordam olib, Hindistonda qildirib keldik. Ammo şunga qaramay, ahvoli yaxşi emas.

Boşqa neyroxirurglarga olib borib körsatdik, bitta qilingan operatsiyadan keyin keyingi operatsiya uçun kamida 5-6 oy ötişi kerak ekan. Şifokorlar bilan maslahatlaşdik, Moskvaga olib borişimizni aytişyapti va buning uçun katta mablağ zarur.

Oilaviy şaroitimiz oğir, bir hovlida 16 kişi yaşaymiz. Turmuşim bölmay ota uyimga kelganman. Bemor bolam bilan ota-onamga taşviş tuğdiryapman”,– deydi közida yoş bilan Dilsoraning onasi.

Operatsiyani ötkaziş zarur, lekin uning xarajatlarini qoplaş uçun Nargiza Uzoqxöjayevaning imkoni yetmaydi. Aziz yurtdoşlar, agarda ehson uçun moddiy va ma’naviy şaroitingiz bölsa, şu qizaloqqa yordam berişingizni sörab qolar edik. Zero, tobora omonat qolayotgan bu dunyoda yaxşilik qilib qoliş barçamiz uçun kerak. 

Dilsora Akmalxöjayevaga oid ma’lumotlar:

UzCard: 8600 0610 2290 7132 onasi Nargiza Uzoqxöjayeva nomida.

HUMO: 9860 1301 0592 0875 buvisi Muhabbat Saidmurotova nomida 

Manzil: Toşkent viloyati, Parkent tumani, Qoraqalpoq qişloği, Obod diyor köçasi 25-uy 

Dilşoda Şomirzayeva tayyorladi,