Yevropada gazning birja narxi 12 foizga oşdi va mart oyidan buyon birinçi marta 1000 kub metr gaz narxi 2300 dollarga yetdi.

Niderlandiyadagi TTF habida 1 MVt·s gaz narxi 224 yevroni taşkil etdi.

Yevropada gaz narxi ötgan yilning şu davriga nisbatan 430 foizga qimmatlaşdi, deb yozadi Reuters.

Narxlar «Gazprom» «Şimoliy oqim» quvuri orqali Yevropaga gaz yetkazib beriş umumiy quvvatning 20 foiziga kamayişini e’lon qilganidan söng kötarilib ketdi.

Wood Mackenzie konsalting kompaniyasi ma’lumotlariga köra, «Şimoliy oqim» 20 foiz quvvat bilan işlaganida Yevropa qiş arafasida omborlarini 75-80 foizga töldirişi mumkin. Agar Rossiya gaz yetkazib berişni butunlay töxtatsa, noyabrga borib omborlar 65-71 foizga töldiriladi.