Biznes-ombudsman devoni xodimlari tomonidan Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi va uning hududiy bölinmalarida tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga rioya etilişi böyiça örganiş ötkazildi.
Natijada, 831 ta qonunbuziliş holatlari aniqlandi. 527 ta holatda tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida tekşiriş ötkaziş bilan boğliq qonunçilik talablari buzilgan.
Şuningdek, 185 ta holatda litsenziyalaş va ruxsat beriş bilan boğliq davlat xizmatlari körsatişda qonunçilik talablari va belgilangan muddatlarga amal qilinmagan.
Şu bilan birga, 85 ta holatda jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari töğrisidagi qonunçilik talablari buzilgan.
“Davlat ekologik ekspertiza markazi” DUK tomonidan tadbirkorlarning ekologik ekspertiza xulosasi oliş yuzasidan yöllangan 20 ta murojaatlarining körib çiqiş muddatlari ötkazib yuborilgan va ularga tekşiruv kunga qadar javob berilmagani ma’lum böldi.
Qayd etilgan kamçiliklarga yöl qöygan qömita hamda uning tizimidagi taşkilotlarning 99 nafar mansabdor şaxslariga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylaştirildi.











