Uçraşuvda ikki mamlakat sönggi bir neça yil içida agrar sektorda savdoni diversifikatsiya qilişga muvaffaq bölgani, ammo hali ham foydalanilmayotgan imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi.

Tomonlar mahalliy qişloq xöjaligi işlab çiqaruvçilari mahsulotlarining ikki mamlakat bozorlariga özaro kirib borişi uçun qöşimça qulay şart-şaroitlar yaratiş orqali tovar ayirboşlaş hajmini oşiriş zarurligi xususida fikrga keldi. 

Özbekiston 6 nomdagi hind mahsulotlarini, jumladan banan, mango, soya va guruçni import qiliş uçun fitosanitariya ruxsatnomalarini taqdim etdi. Hindiston tomoni uzum, anor, olma, xurmo, qalampir, pomidor, bodom va tarvuz kabi özbek agrosanoat mahsulotlariga ruxsat beriş imkoniyatini körib çiqmoqda.

Muzokaralarda ayrim qişloq xöjaligi kompaniyalarining investitsiya rejalari bilan boğliq masalalar muhokama qilindi. Hozirgi vaqtda Hindistonning Indo Organics kompaniyasi töğridan töğri investitsiyalar hisobiga Namangan viloyatida qişloq xöjaligi mahsulotlarini işlab çiqariş va qayta işlaşni yölga qöymoqçi. Bunday texnologik loyihalarni röyobga çiqarişda amaliy yordam körsatişga özaro tayyorlik bildirildi.

Uçraşuv yakunida tomonlar yangi yuqori daromadli loyihalarni işlab çiqiş va erişilgan barça kelişuvlarni hayotga tatbiq etiş uçun hamkorlikni kengaytirişda davom etişga sodiqlikni bildirdi.