Prezidentning “Milliy gvardiya sport kuraşlari böyiça ixtisoslaştirilgan olimpiya zaxiralari maktabi faoliyatini yanada takomillaştiriş töğrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Milliy gvardiyaning sport kuraşlari böyiça ixtisoslaştirilgan olimpiya zaxiralari maktabini “Dinamo” jismoniy tarbiya-sport jamiyati tarkibiga ötkaziş töğrisidagi taklifiga rozilik beriladi.

Milliy gvardiya qömondoniga “Dinamo” jismoniy tarbiya-sport jamiyati tuzilmasiga umumiy ştat soni doirasida özgartirişlar kiritiş huquqi beriladi.

Belgilab qöyilişiça:

  • sport kuraşlari böyiça ixtisoslaştirilgan olimpiya zaxiralari maktabi Milliy gvardiya “Dinamo” jismoniy tarbiya-sport jamiyati huzuridagi sport kompleksiga tegişli binolar va inşootlar bir qismi negizida belgilangan tartibda bepul ijara asosida (kommunal xizmatlari bundan mustasno) erkin va yunon-rum kuraşi böyiça yoş iste’dodli kuraşçilarni tanlab oliş va tayyorlaş bilan şuğullanadigan oliy sport natijalariga yönaltirilgan muassasa sifatida faoliyat yuritadi;
  • sportçilar turar joy, tört mahal ovqat, sport ekipirovkasi, maxsus kiyim-boş, sport uskunalari va anjomlari bilan ta’minlanadi;
  • sport maktabi öz faoliyatini Vazirlar Mahkamasining “Sport maktablari faoliyatini hamda sport maktablari trenerlari va mutaxassislari mehnatini moddiy rağbatlantiriş tizimini yanada takomillaştiriş töğrisida”gi qarori asosida taşkil etadi;
  • sport maktabida öquvçi-sportçilar kontingenti, ularning vazn toifalarini hisobga olgan holda, 60 nafardan iborat etib belgilanadi hamda ta’lim oliş muddati sportçi Özbekiston terma jamoasi asosiy (yoki zaxira) tarkibida bölgan davr mobaynida davom etadi;
  • sportçi lavozimga sport maktabi öquvçi-sportçilar kontingenti orasidan qabul qilinadi;
  • sport maktabiga öquvçi-sportçilarni qabul qiliş umumiy kontingentidan kelib çiqqan holda yil davomida amalga oşirib boriladi;
  • sport maktabida öquv-maşq jarayonining davomiyligi va davriyligi sport musobaqalari taqvimi hamda öquvçi-sportçilar har bir guruhi uçun yakka tartibda sport tayyorgarligi davri hisobga olingan holda sport maktabi rahbariyati tomonidan belgilanadi.