«Nursulton Nazarboyev oilasi va döstlari bilan Turkiyada ötkazgan ta’tilidan qaytdi», — deb yozadi Ukibay. 

Uning ta’kidlaşiça, turli xil «anonim manbalardan tarqalgan xabarlar»ga qaramay, birinçi prezident dam oliş kunlarida na xorijiy rasmiy şaxslar, na biznes vakillari bilan uçraşmagan. 

Avvalroq, OAV ma’lumotiga köra, ayrim norasmiy manbalar Turkiyada sobiq prezident Rossiyaning LDPR siyosiy partiyasi rahbari Leonid Slutskiy, şuningdek, Rossiya biznesi vakillari va yirik korporatsiyalar rahbarlari bilan uçraşişi mumkinligini yozgan edi. 

Nursulton Nazarboyev Turkiyaga kelgani haqidagi ma’lumotlar iyul oyi boşida, uning tuğilgan kuni arafasida OAVda paydo böldi. Qozoğiston OAVning 4 iyul kuni tarqatgan xabariga köra, Nazarboyevga berilgan «Berkut» aviakompaniyasiga qaraşli Airbus A320 Neo samolyoti Turkiyaning Bodrum şahriga uçgan.