10:35 / 28.07.2022
7821
O‘zbekistonlik yunon-rum kurashchilari jahon chempionati sovrindori bo‘ldi

Italiya poytaxti Rim shahrida erkin, yunon-rum va ayollar kurashi bo‘yicha o‘smirlar (U 17) o‘rtasidagi jahon chempionati o‘tkazilmoqda.

Yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi vakillari musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

55 kg vaznda Xurshid Normuhammadov yaponiyalik Kohaku Kanazavani 5-4 hisobida mag‘lub etdi. 65 kg vaznda gilamga chiqqan Behruz Barnoyev esa ozarbayjonlik Ali Alizodani 9-3 hisobida yengdi. Har ikkala sportchi bronza medaliga ega bo‘ldi.

45 kg vaznda kurashayotgan Shahzod Ro‘zioxunov 1/4 finalda ozarboyjonlik Husayn Savadovni 11-3 hisobida, 1/2 finalda ruminiyalik Ionut Mereutani 9-0 hisobida mag‘lub etdi. Finalda ukrainalik Yevgen Pokovbaga qarshi gilamga chiqib, 0:9 hisobida imkoniyatni boy berdi va kumush medali bilan taqdirlandi.

51 kg vazn toifasida Aytjan Xalmaxanov 1/8 finalda Amare Feteneni (Isroil) 4-1 hisobida, 1/4 finalda Vadat Qosimlini (Ozarboyjon) 12-4 hisobida, 1/2 finalda esa Anri Xozrevanidzeni (Gruziya) 8-0 hisobida yengdi. Finalda Muhammadrizo G‘ulomiyni (Eron) 5:0 hisobida mag‘lub etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

71 kg vaznda Amir Vahobov 1/16 finalda ukrainalik Maksim Radikka 0:9 hisobida yutqazdi.

Mavzuga oid
Top