Boş prokuratura tomonidan Madaniy meros agentligi mutaxassislari iştirokida Samarqand viloyati ölkaşunoslik muzeyi bino-inşootlarida örganiş işlari olib borilganda muzey tarixiy binosida texnik özgarişlar hosil bölib, peştoqi yorilgani aniqlangan.
Ma’lum bölişiça, oqova suvlar çiqişiga möljallangan ariqlar ta’mirtalab ahvolga kelib qolgani sababli yomğir suvlari muzey hovlisida uzoq vaqt turib qolgan. Oqibatda, muzey tarixiy binosida texnik özgarişlar hosil bölib, peştoqi yorilgan.
Kamçiliklar tegişli soha mutaxassislari bilan birgalikda har tomonlama örganilib, oqova suv bilan boğliq muammolarni bartaraf etiş böyiça işlar amalga oşirilgan.
Jumladan:
- muzey hovlisida 210 metr oqova suv ariqlari tozalanib, şundan 60 metr qismi qayta ta’mirlangan;
- oqova suv ariqlariga ölçami 150 santimetr bölgan 15 metrli yangi suv quvurlari va 45 metrli suv lotoklari örnatilib, markaziy oqova suv tarmoğiga ulangan;
- ariqlarning yölaklar bilan tutaşgan joylari 10 metr beton plitalar bilan qoplangan;
- muzey binosi peştoqining 4 kvadrat metr qismidagi yorilgan ğiştlar orasi maxsus qorişma bilan töldirilib, binoning asl holatiga zarar yetkazmagan holda ta’mirlangan;
- tarixiy binoning asl holatini saqlaş maqsadida peştoqdagi ravoqning köçib tuşgan qismi gançkor ustalar tomonidan asl holatda tiklanib, restavratsiya qilingan.
Bundan taşqari, muzeyning hovlisi obodonlaştirilib, 76 tup daraxtning qurigan şoxlari kesilib, şakl berilgan hamda yordamçi binolar fasad qismi ta’mirlangan.
Ma’lumot uçun, ölkaşunoslik muzeyi binosi italiyalik arxitektor Y.Nelli loyihasi asosida XX asr me’morçiligining eklektik uslubida 1902—1916 yillar davomida savdogar Abraam Isakoviç Kalontarovning şaxsiy mablağlari hisobidan qurilgan.












