Siyosatşunos Farhod Tolipov Kun.uz’ga bergan intervyusida Konstitutsiyaviy komissiyani konstitutsiya islohoti jarayonlarida mafkurabozlikka berilayotganlikda aybladi.

Tolipovga köra, u jamoatçilikka taqdim qilingan loyiha va jarayonlarni kuzatib, şu xulosaga kelgan.

“Mafkurabozlik hatto Konstitutsiyaga ham kiryapti. Buni konstitutsiya loyihasidagi ayrim moddalarda huquq yoki siyosatga emas, mafkuraga xos belgilarda körişimiz mumkin. Bu esa jamoatçilik fikrini çalğitadigan ahvolga olib keladi. Ya’ni hozir Konstitutsiyaga çiroyli söz va gaplarni kiritişyapti-yu, kerakli moddalar kirmay qolib ketyapti.

Uzoqqa bormaylik-da, 1-moddani olaylik. Unda biroz mubolağa bilan aytganda, juda qaltis sözlar paydo böldi: “Özbekiston – suveren, demokratik, ijtimoiy, dunyoviy va huquqiy davlat”. Bu yerda fikrimça, umuman ortiqça bölgan 3ta söz paydo böldi.

“Suveren” va “demokratik” tuşunçasini butun dunyoda tuşunişadi. Buning nimaligini fan ham aytib turibdi. Lekin ijtimoiy, dunyoviy va huquqiy sözlari juda bahsli. Xöş, nega biz yettinçi va sakkizinçi sözlarni qöşmayapmiz, oçiq, gumanitar, adolatli, deya? Bu Konstitutsiya uçun kerak bölmagan sözlar.

Özingiz öylang, “dunyoviy” sözi ustida hali olimlar va dinşunoslar ham bir yeçimga kelgani yöq. Yoki “ijtimoiy davlat” qanday böladi? Masalan, ijtimoiy siyosat bor. Bunda aholining muhtoj qatlamiga yordam beriş orqali ijtimoiy siyosat ketayotganini körsatiş mumkin. Lekin davlat nomini ijtimoiy davlat deb nomlaş – bu juda qaltis holat.

Şuningdek, “huquqiy davlat” jumlasi ham ortiqça. Agar Konstitutsiya va qonunlar işlasa, uning özi huquqiy davlatga aylanadi-ku.