Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UYeFA) internetda 27 iyul, çorşanba kuni Istanbulda bölib ötgan Çempionlar ligasi 2-saralaş bosqiçi doirasidagi «Fenerbahçe» – «Dinamo» Kiyev öyini videosi paydo bölgaç, turkiyalik muxlislarga nisbatan intizomiy tergov boşlanganini ma’lum qildi. Tribunalarning muxlislar sektoridan olingan videoda «Fenerbahçe» fanatlari Vladimir Putinning ismi va familiyasini aytib, bir neça bor hayqirganini eşitiş mumkin.
UYeFA saytida «Fenerbahçe» muxlislarining nomaqbul xatti-harakatlari böyiça intizomiy tergov boşlangani haqida e’lon qilingan kartoçka paydo böldi, bu «axloq va intizom inspektori» tomonidan amalga oşiriladi.
Ukraina jamoasi öyinda hisobni oçganidan söng turk muxlislari Putin deb baqira boşlagan. Jamoalar uçraşuvi «Dinamo»ning 2:1 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi, ukrainaliklar qöşimça daqiqalarda ikkinçi golni urdi. Kiyevliklar ğalaba qozonganiga qaramay, «Dinamo» boş murabbiyi Mirça Luçesku öyindan keyingi matbuot anjumanida iştirok etişdan boş tortdi.
UYeFA Çempionlar ligasining navbatdagi uçraşuvida ukrainaliklar Avstriyaning «Şturm» jamoasiga qarşi maydonga tuşadi.
«Fenerbahçe» mağlubiyatining ertasiga Instagram’ning turkiyalik foydalanuvçilari Moskvaning «Dinamo» futbol klubi sahifasida Putinni qöllab-quvvatlovçi izohlar va Rossiya bayroqlari tuşirilgan emodzilar qoldira boşladi. Baza naşrining taxmin qilişiça, turkiyalik muxlislar şu tariqa Ukraina jamoasi ustidan kulmoqçi bölgan, biroq klublarning akkauntlarini aralaştirib yuborgan.
Rossiya jamoalari 2022 yilgi Çempionlar ligasida iştirok etmayapti - UYeFA RFning Ukrainaga bostirib kirişi sababli mamlakatni barça xalqaro turnirlarda iştirok etişdan çetlatdi. Iyun oyida sport arbitraji RFUning klublar faoliyatini töxtatib turiş böyiça apellyatsiyalarini rad etdi. Şu bilan birga, Rossiya futbol jamoasi sobiq sardori Igor Denisov Rossiyaning harakatlarini oçiqdan oçiq tanqid qilib, Putinga uruşni tugatiş talabi bilan oçiq xat yöllaganini aytdi.
Xalqaro olimpiya qömitasi (XOQ) rahbari Tomas Bax ham Rossiyani tajovuzkor deb atadi. Şu bilan birga, XOQ rahbari taşkilot rossiyalik sportçilarning harakatlarini diqqat bilan kuzatib borişini va ayrim hollarda ular Rossiya agressiyasiga qarşi çiqiş imkoniga ega emasligini tuşunişini ta’kidladi.












