AQŞ Kongressi Vakillar palatasi a’zolaridan iborat ikki partiyali guruh qonunçi Ted Lyu (Kaliforniya ştatidan demokrat) boşçiligida Rossiyani terrorizm homiysi bölgan davlat (THD) deb tan oliş töğrisidagi akt taqdim etdi. The New York Times (NYT) gazetasining 29 iyul, juma kuni xabar berişiça, agar AQŞ Kongressi qonunni qabul qilib, imzolasa, bu çora AQŞ davlat kotibi Entoni Blinkenning qarşiligini çetlab ötadi va RFni Şimoliy Koreya, Suriya, Kuba va Eronni öz içiga olgan röyxatga kiritadi.

NYT ma’lumotiga köra, Blinken «hissiyotlar»ga qaramay, uni Rossiya bilan biznes yuritayotgan AQŞ ittifoqçilariga qarşi sanksiyalar joriy etişga hamda «Vaşington va Moskva örtasidagi diplomatiya qoldiqlarini» yöq qilişga majburlaşi mumkin bölgan harakatga qarşilik körsatmoqda. 

Rossiya bizning çora-tadbirlar va boşqa davlatlarning sanksiyalariga muvofiq tölayotgan narx terrorizmga homiy davlatlar röyxatiga kiritilganidan keyin yuzaga kelişi mumkin bölgan oqibatlarga mutlaqo mos keladi, dedi Blinken matbuot anjumanida. «Demak, qilayotgan işimizning amaliy oqibatlari bir xil», - deydi AQŞ davlat kotibi. 

Mamlakatning THD röyxatiga kiritilişi rasman AQŞdan yordamni (şu jumladan iqtisodiy) çeklaşni, mudofaa mahsulotlarini eksport qiliş va sotişni taqiqlaşni, ikki tomonlama maqsadli mahsulotlar eksportini nazorat qiliş böyiça qöşimça çora-tadbirlarni, kengaytirilgan moliyaviy imkoniyatlarni, THD kontragentlari bilan operatsiyalarni monitoring qilişni nazarda tutadi. Bundan taşqari, uşbu çora «ikkilamçi sanksiyalar» deb atalmiş çeklovlar – «terroristik» davlat bilan savdo qiluvçi şaxslar va mamlakatlarga nisbatan joriy etilişi munosabati bilan muhim ahamiyatga ega. 

28 iyul kuni AQŞ Senati Davlat departamentini Rossiyani terrorizm homiysi bölgan davlat sifatida tan olişga çaqiruvçi rezolyutsiyani qabul qildi. Hujjat majburiy emas. NYT ta’kidlaşiça, Senat rezolyutsiyasida qonuniy kuçga ega bölmagan harakatga çaqiriq bölsa-da, Ted Lyu boşçiligidagi guruh tomonidan taqdim etilgan çora Blinkenning qarşiligini çetlab ötişga imkon berişi mumkin. 

«Qöşma Ştatlar Rossiyaning Ukrainadagi zöravon agressiyasini töxtatiş uçun qölidagi barça vositalarni işga solişi kerak», dedi Lyu öz navbatida. «Men uşbu masalani himoya qiliş uçun ikki partiyaviy deputatlar koalitsiyasini tuzganimdan xursandman», dedi u qonun qabul qilinişi mumkinligi haqida gapirar ekan. 

Senat rezolyutsiyasida Rossiya hukumati Çeçenistondagi ikkinçi harbiy kampaniya paytida tinç aholiga qarşi terror kampaniyasi va kuç işlatganlikda, Suriyada zarbalar berganlikda hamda 2014 yildan beri Donbassdagi ayirmaçilarni qöllab-quvvatlaganlikda ayblangan.