“Davlat xizmatlari yangiliklari” kanalida xabar qilinişiça, mazkur holatlarning 4 853 tasi muddat buzilişi, 152 tasi vakolatli organlar tomonidan töğridan töğri davlat xizmatlari körsatilişi, 11 tasi ortiqça hujjatlar talab qilinişi, 308 tasi murojaatlarning asossiz rad etilişi, 60 tasi boşqa turdagi qonunbuzilişlarga töğri keladi.
Korxona va taşkilotlar kesimida tahlil qilinganida qonunbuziliş holatlarining aksariyati gaz, elektr, suv korxonalari, kadastr, soğliqni saqlaş, soliq va quriliş idoralariga töğri kelmoqda.
Aniqlangan qonunbuziliş holatlarining oldini oliş hamda bartaraf etiş maqsadida vakolatli organlarga 64 ta taqdimnoma kiritilib, 59 nafar mansabdor şaxslar bilan profilaktik suhbatlar ötkazildi hamda 63 nafar mansabdor şaxslarga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik töğrisida bayonnomalar rasmiylaştirildi.
Şuningdek, 102 nafar mansabdor şaxsga nisbatan intizomiy javobgarlik çoralari qöllanildi, şundan 4 nafar mas’ul xodim bilan tuzilgan mehnat şartnomasi bekor qilindi.











