Rossiyaning «Gazprom» korporatsiyasi Latviyaga gaz yetkazib berişni töxtatdi. Bu haqda 30 iyul, şanba kuni kompaniya xabar berdi. «Bugungi kunda «Gazprom» YoAJ iyul oyi arizasi doirasida Latviyaga gaz yetkazib berişni töxtatdi – gazni tortib oliş şartlari buzilganligi sababli», — deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Conexus (Conexus Baltic Grid) Latviya gaz uzatiş operatori ma’lumotlari ham yetkazib berişning töxtatilganligini tasdiqlaydi.

28 iyul, payşanba kuni Latvijas gāze Latviya gaz uzatiş tizimining boş operatori Rossiya gazini xarid qilişni qayta boşlagani ma’lum böldi. Kompaniya rahbari Aygars Kalvitisning sözlariga köra, xomaşyo töğridan töğri «Gazprom»dan emas, balki boşqa yetkazib beruvçidan xarid qilinadi. Kalvitis tijorat sirini sabab sifatida keltirib, yetkazib beruvçining nomini aytmadi. Latvijas gāze rahbarining sözlariga köra, operatsiyalar yevroda amalga oşirilyapti.

14 iyul kuni Latviya seymi (parlamenti) 2023 yil 1 yanvardan boşlab Rossiyadan tabiiy gaz yetkazib berişni butunlay taqiqlaş töğrisida qaror qabul qildi. 2021 yilda Riga uşbu xomaşyoning qariyb 90 foizini RFdan sotib oldi. 

Moskva talabiga köra, 1 apreldan boşlab Rossiya hukumati Yevropa ittifoqiga a’zo bölgan ayrim davlatlarni «döst bölmagan mamlakatlar» röyxatiga kiritdi, ular şartnomadagi valuta (yevro va dollar)ni majburiy konvertatsiya qiliş şarti bilan «Gazprombank» orqali gaz yetkazib beriş uçun hisob-kitoblarni rublga ötkazgan holda amalga oşirişi kerak, aks holda gaz eksporti töxtatiladi. Polşa, Bolgariya, Finlandiya va Niderlandiya allaqaçon uşbu şartlarni bajarişdan boş tortdi.