Özbekiston milliy jamoasi yarimhimoyaçisi Otabek Şukurov 5 yillik faoliyatidan keyin yozgi transfer oynasida «Şarja»dan «Fotih Karagyumruk» klubiga ötdi. 26 yoşli futbolçining Birlaşgan Arab Amirliklaridan Turkiya Superligasiga köçib ötişi oldinga taşlangan qadam ekani şubhasiz. Ayniqsa, özbek yarimhimoyaçisining Andrea Pirlo qöl ostida töp surişi barçani xursand qiladi. Otabek Şukurov Turkiyada Tribuna.uz va Kun.uz muxbiriga ilk eksklyuziv intervyu berdi.
«Şarja»dan ketişi va Yevropa klubiga ötiş maqsadi
- Hali Turkiyaga kelganimizga ikki kun böldi. «Şarja»dan «Fotih Karagyumruk»ga ötişim maqsadim bilan boğliq. Avvaldan Yevropada töp surişni istaganman, Turkiyada esa Yevropada nom taratgan kuçli klublar bor. «Şarja» bilan oldidan şu masalani muhokama qilib kelganmiz. Oxirgi şartnomalarimda ham şunday band kiritgandikki, Turkiya, Rossiya yoki kuçli beşlik çempionatlaridan taklif bölsa, «Şarja» meni qöyib yuborişi talab etilardi. Şunga asosan BAA klubini tark etib, Turkiyaga keldim.
«Fotih» klubi dastlab agentimga taklif bergan, keyin esa «Şarja»ga rasmiy taklif bilan çiqqan. «Şarja» rahbariyati esa ketmasligimni xohlab, hatto menga aytmagan. Bu narsani keyin bilib oldik. Şu bir oy içida bölgan bu. Agentim ham taklifni aytib turgandi.
Nega aynan «Fotih Karagyumruk»ni tanladi?
- Turkiyaning bu jamoasidan tuşgan taklif meni şu jihati bilan e’tiborimni tortdiki, bu klub boş murabbiyi – Andrea Pirlo ekani bilan boğliq edi. Çunki faoliyatimdagi çöqqimni Yevropada töp suriş deb maqsad qilganman. «Şarja»ga ötişim ham özi ayrim sabablar bilan röy bergan va bu yerda qolib ketdim. Lekin hammasi Allohdan, nasib qilgani böladi, baribir. Biz amalini, harakatini maksimal darajada qilib kelganmiz har doim, qolganini Xudoga tavakkal qilganmiz. Mana, Turkiyaga ötiş nasib qilgan ekan. Tezroq moslaşib olişga intilyapmiz.
«Şarja»dan ketiş ham oson bölmadi. Ular majbur qöyib yuborişdi. Bu klubda 4-5 yil öynab, nafaqat klub rahbariyati, xodimlar, muxlislar, umuman butun Şarja bilan juda yaqin bölib qolgandik. «Şarja» rahbariyatidan boşqa takliflar borligi, BAA va Saudiya Arabistoni klublari ham çaqirayotgani, ammo yanada ösiş uçun ham Yevropaga ötişga ruxsat beringlar deb söradim.














