2022 yilning 21 iyul kuni Samarqand tumani “Yangiariq” MFY hududida 1980 yilda tuğilgan S.R., 1987 yilda tuğilgan A.B. hamda 1991 yilda tuğilgan I.Ş. va Yo.I. örtasida yuzaga kelgan kelişmovçilik oqibatida özaro janjal sodir bölgan.
Janjal oqibatida S.R. va A.B. I.Ş. va Yo.I.ni urib, ularga tan jarohati yetkazişgan. Hodisa joyiga tuman IIB xodimlari çiqib, holat rasmiylaştirilgan.
Senat Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qömitasi raisi Malika Qodirxonovaning aytişiça, holat yuzasidan qömita tomonidan IIV mas’ul xodimlari bilan birgalikda örganiş olib borildi.
“Huquqbuzarlarga nisbatan qonunçilikda belgilangan tartibda, albatta, tegişli jazo çorasi qöllaniladi”, deydi u.
Bildirilişiça, hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan Samarqand tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.












