Toşkent şahrining Bektemir tumanida sodir bölgan yöl-transport hodisasi oqibatida bir kişi vafot etdi.

29 iyul kuni soat taxminan 13:00 larda Bektemir tumani, Istiqlol köçasida, haydovçi, 2002 yilda tuğilgan Ş.X. Matiz rusumli avtomaşinasini boşqarib ketayotgan bölgan.

Toşkent şahar IIBB xabariga köra, u haydovçi, 1992 yilda tuğilgan D.D. boşqaruvidagi Howo rusumli yuk avtomaşinasi bilan töqnaşuv sodir etgan. 

Dastlabki ma’lumotlarga köra, Matiz avtomaşinasi haydovçisi belgilangan tezlikni me’yoridan oşirib, rul boşqaruvini yöqotgani sababli qarama–qarşi yönalişga çiqib ketib, öz yönalişida harakatlanib kelayotgan Howo yuk avtomaşinasi bilan töqnaşgan.

YTH natijasida Matiz avtomaşinasi haydovçisi olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB Tergov boşqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.