Yaqindagina Maurisio Poçettino dunyoning eng istiqbolli murabbiylaridan biri hisoblanar edi. «Tottenhem» bilan Çempionlar Ligasi finaliga çiqqaç, argentinalikka haqiqiy top-klubda işlaş imkoniyati berilsa, barça sovrinlarni qölga kiritadigandek tuyulgan edi. Lekin, aslida, Poç «PSJ»da örtamiyona iş qildi va alamli tarzda işdan böşatildi. Parijliklar Kristof Galte bilan şartnoma imzoladilar. Lekin u ham katta klublarda işlamagan va Poçettino yölini takrorlaşi mumkin.

Futbolda ba’zan ma’lum bir murabbiyni daho deb ataşadi. Şunçaki unga ajoyib tarkib bering va u klubni koinotga uçiradi, çunki örtaça futbolçilar bilan köp narsaga erişgan. Ammo bunday mantiq har doim ham işlamaydi, quyida şunday misollarni keltiramiz. Örtamiyonalar bilan muvafaqiyatga erişgan, ammo top-klublarda yuksak natija körsata olmagan 10 murabbiyni sanab ötamiz.

Foto: Getty Images

10) Öninçi örin – Niko Kovaç va uning «Bavariya»dagi muvaffaqiyatsizligi. Niko murabbiylik faoliyatini Xorvatiya milliy jamoasida boşladi va «Ayntraxt»da porladi. U 2016 yil bahorida nemis klubiga tayinlandi, frankfurtliklar öşa paytda yomon ahvolda edi. Ammo Kovaç jamoani qaytadan yiğdi va soğlom pragmatizm bilan quvvatlantira oldi. U Bundesligada 8-örinni egalladi, Germaniya kubogi-2018 finalida esa «Bavariya»ni mağlub etdi. Şundan söng, myunxenliklar uni murabbiy sifatida sinab körişga qaror qilişdi.

Xorvatiyalik mutaxassis «Bavariya» bilan çempion böldi va Kubokni qölga kiritdi. Ammo Çempionlar Ligasi pley-offining birinçi bosqiçidayoq kuraşdan çiqib ketdi. Garçi jamoaning öziga xos hujum uslubi körinmasa-da va hatto futbolçilar ham norozi bölsa-da, rahbariyat murabbiyga ikkinçi imkoniyatni berdi.

Murabbiy jamoaga himoyaviy öyinni singdira boşladi, vaholanki «Bavariya» har doim hujumkor öynagan. Ikkinçi mavsumda oçko yöqotişlar boşlanganida, öyinçilar murabbiy atrofida birlaşmadi. Şundan söng iste’foga çiqarildi. Keyinçalik, «Monako»da yomon işlamadi, hozir esa «Volfsburg»ni boşqarmoqda – bu uning darajasi.

Foto: Reuters

9) Töqqizinçi örin – Andre Villaş-Boaş. U «Çelsi»da köp vaqt uşlanib qolmadi. Mutaxassisning taqdiri Mourino faoliyatining birinçi bosqiçiga juda öxşardi – öttiz yoşli Boaş bor-yöği bir mavsum içida yevroyulduzga aylandi. 2010 yilning yozida u «Portu» boş murabbiyi etib tayinlandi va birinçi mavsumdayoq nafaqat çempion böldi, balki Yevropa Ligasida ham ğalaba qozondi. Roman Abramoviç bu yutuqlardan ta’sirlanib, uni «Çelsi»ga taklif qildi. Portugaliyalik öşa paytda tarixdagi ikkinçi eng qimmat murabbiyga aylandi.