Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi bilan hamkorlikda imtihonlarni nazorat qiladi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati ma’lum qildi.
Unga köra, 1–10 avgust kunlari 46 ta OTMda alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yönalişlari böyiça kasbiy (ijodiy) imtihonlar bölib ötadi.
2021/2022-öquv yili bakalavriat ta’lim yönalişlariga kiriş uçun ijodiy imtihonlarni yanada şaffof, oçiq va adolatli ötkaziş maqsadida jarayonlarni imtihon.edu.uz platformasi orqali jonli kuzatiş imkoniyati yaratildi.
Şuningdek, ilk bor imtihon böladigan bino va maydonlarda örganişlar olib boriş uçun Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi bilan Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi örtasida qöşma bayonot imzolandi.
Vazirlik va agentlik mas’ul xodimlari tomonidan jarayonlarning oçiq va şaffof taşkil etilişi, jonli efirga uzatilişi töliq nazorat qilinadi.












