Ukrainada uruşning 157-kuni ötdi. Sönggi ma’lumotlar:

  • Rossiya Olenivkadagi koloniyada halok bölgan 50 dan ortiq ukrain harbiy asirlari röyxatini e’lon qildi. Rossiya ular ukrainlar raketa zarbasidan qurbon bölganini aytişmoqda; bu versiyani köplar şubha ostiga olgan. 
  • Ukraina vitse-premeri Irina Vereşçuk va prezident Volodimir Zelenskiy Donetsk oblastida qolayotgan ukrainlarni mamlakat ğarbiga evakuatsiya bölişga çaqirdi. Vereşçuk Donbassda infratuzilmalar vayron bölgani, Zelenskiy qolganlar rossiyalik harbiylar harakatlaridan aziyat çekişi mumkinligini aytmoqda.
  • Rossiyaning Buyuk Britaniyadagi elçixonasining tvitterida «Azov» polki jangçilari dorga osilgan holda öldirilişga munosib ekani haqida tvit qoldirildi. Ukraina TIV rossiyalik diplomatlarni harbiy jinoyatlar iştirokçilari deb atadi.
  • Ukraina qurolli kuçlari Dnepr daryosi ustidan ötgan Antonov temiryöl köprigini işdan çiqargan, undan oldinroq avtomobil köprigiga jiddiy şikast yetib, köprik böylab harakat töxtatilgandi. Bu Xersonga olib boruvçi daryo ustidan ötgan ikkita ötiş yölidir, bu yöllarning tösilişi işğol etilgan şahardagi rossiyalik harbiylarni asosiy kuçlardan uzib qöyadi.

Quyida sönggi kunlarda Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar:

Olinivka

Donetskdan 40 kilometr masofadagi Olenivka posyolkasida joylaşgan qamoqxonadagi barak. Rossiya 29 iyul tongida koloniyaga raketa zarbasi berilganini ma’lum qildi. Bu joyda ukrain harbiy asirlari, jumladan «Azov» bataloni jangçilari ham saqlangan. 53 nafar ukrain askari halok bölib, 75 asir yaralangan. Rossiya va Ukraina koloniyaga zarbada bir birini ayblamoqda.
AP / Scanpix / LETA
Olenivkada halok bölgan asirlar jasadi. Koloniyada saqlangan «Azov» polki jangçilari Mariupolda may oyi örtalarida, ikki oydan oşiq vaqt davomida «Azovstal» mudofaasini uşlab turişganidan keyin