2021 yilda Saudiya Arabistoni valiahd şahzodasi Muhammad bin Salmon podşohlikning qurğoqçil şimoli-ğarbiy qismidagi yerlarni özlaştiriş va Misr piramidalari kabi uluğvor narsani quriş topşiriğini bergandi.

The Wall Street Journal arabistonlik şaharsozlarning rejalari bilan boğliq hujjatlarni qölga kiritdi. Unda juda katta loyiha tafsilotlari oydinlaşadi.

Mirror Line («Közgu liniyasi») – bu balandligi 488 metrgaça bölgan ikkita bino bölib, qirğoq, toğlar va çöl böylab 120 kilometrga parallel ravişda ötadi. Osmonöpar binolar bir-biri bilan piyodalar ötiş joylari orqali boğlanadi, ularning ostidan tezyurar poyezd harakatlanadi.

NEOM / AFP / Scanpix / LETA

Arxitektorlar futbolni ham unutmagan – 305 metr balandlikda stadion joylaşgan böladi.

Turli manbalarga köra, osmonöpar şahar-binoda 5 milliondan 9 milliongaça odam yaşaşi mumkin böladi. Ular şahar böylab tezyurar poyezdlarda harakatlanişadi. Uning bir çetidan ikkinçi çetigaça 20 daqiqada boriş imkoniyati böladi.

Şahar aholisini oziq-ovqat bilan ta’minlaş uçun fermalar tuzilmasi taşkil etilişi ham közda tutilgan.

Şahar uglerod çiqindilaridan xoli bölişi közda tutilgan.
NEOM / AFP / Scanpix / LETA

Mega loyihaning qiymati 1 trillion dollarni taşkil etadi.

Neom şahriga ham yana 500 milliard dollar sarflanadi. Bu nima?

Saudiya davlat investitsiya jamğarmasi nafaqat ingliz futboliga, balki Muhammad bin Salmonning aql bovar qilmas ğoyalariga ham sarmoya kiritmoqda. 2017 yilda valiahd şahzoda (va dunyodagi eng yoş mudofaa vaziri, hozir u 36 yoşda) mamlakatning olis şimoli-ğarbiy qismida, Qizil dengiz sohilida yangi şahar barpo etiş rejasini e’lon qildi.